SEN DOIMO QALBIMDASAN, JIGARIM!
Momom yaşab ötdi köngili yarim,
Yuragim sançiydi eslagan sarim.
Tinçlik, deb tinçlikka jonin tikkanim –
Nomsiz qabrlarda yotgan askarim –
Oh, mening nomaʼlum, maʼlum Jigarim!
Soçin taroqlagan suygun malaklar,
Köngil xatlariday yongan palaklar.
Armonga aylanib qolgan tilaklar,
Xayollarni quçib, tolgan bilaklar –
Hamonki jonim, deb yonar, Jigarim!
Köz öngimdan ötar uruş – vayrona,
Çimildiq ortida dillar – vayrona.
Kelinçak rahmida qolgan gumona –
Bugun qutluğ yoşli ota yo ona:
"Qaydasan?”-deb izing izlar, Jigarim!
Birlari yo bobom, oğam – jangçilar –
"Olğa!”-deb tanklarda yongan tankçilar.
Eslasam, dilimni faryod qamçilar,
Közlarim kuydirar qonli tomçilar,
Ön sakkizda mangu uxlar Jigarim!
Şarq-u Olmon yöli ğamdan belangi,
Alvon tusin olgan tuproğin rangi.
Magar zabon bitsa, daryolar balki,
Aytarmi, çökkanning neça yuz, mingi
Nomaʼlum qirğoqqa botgan Jigarim!
Qon qaqşab yotibdi Qahramon Brest
Va hamon qon yutar, bağri qon Brest.
Qonli bitiklarni tiriltirgan his –
Isyonkor ruhlarga qabriston Brest
Bağriga şon bölib singgan Jigarim!
"Bolam!” - deb oh çekkan onalar haqqi,
Otasiz ulğaygan bolalar haqqi.
Hijronga boş qöygan bevalar haqqi,
Bir-birin izlagan nolalar haqqi -
Noming yuraklarda yaşar, Jigarim!
Men özbek – özbekning bobosi – jigar,
Onalari – onam, momosi – jigar.
Barça millat aziz, bolasi – jigar –
Könglimning köşkiga barisi siğar!
Tinç bölsin Vatanim, Xalqim–Jigarim!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶