IMKONIYaTI ÇEKLANGAN, LEKIN IMKONLARI ÇEKSIZ INSONLAR DOIMO EʼTIBORIMIZDA
Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan tumanda istiqomat qiluvçi imkoniyati çeklangan, nogironligi bor bölgan insonlarga mehr-muruvvat körsatiş, ular hayotiga oid muammolar yeçimini topişda kömaklaşiş maqsadida tez-tez xonadonlariga borib, holidan xabar olinmoqda. Xususan, Oq-oltin OFY hokim yordamçisi bilan birgalikda ovulda yaşovçi fuqaro, 1-guruh nogironi Örinboy Şomuratov oilasiga borib, homiy tadbirkor D.Xaytbayeva tomonidan taqdim qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ö.Şomuratov oila aʼzolari bilan suhbat ötkazilib, ularning kasb-hunarga qiziqişi örganib çiqildi va salohiyatiga yaraşa hunarmandçilik bilan şuğulaniş takliflari berildi. Köngli kemtik, imkoniyati çeklangan fuqarolarning kayfiyatini kötariş maqsadida sobiq afğonçi jangçilar iştirokida “Vatan sevgisi - iymon belgisi” deb nomlangan tadbir ötkazilib, unda 15 nafar imkoniyati çeklangan yoşlarimiz iştirok etişdi.
Mazkur tadbirga Qoraqalpoğiston Respublikasi nogironlar jamiyati raisi P. Dauletyarova, Nukus şahri nogironlar jamiyati raisi G.Toşboyeva, Qoraqalpoğiston Respublikasi nogironlar jamiyati mutaxassisi R.Şinibayeva, Amudaryo tuman oila va xotin-qizlar bölimi raisi G.Saburova va boşqa masʼullar iştirok etişdi.
Tadbir davomida saxovatpeşa homiy tadbirkorlar D.Haytboyeva va B.Xalbayevalar tomonidan fayzli dasturxon yozildi va şirinliklar tortilib, sovğalar ulaşildi.
Jamiyatimiz aʼzolari uçun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navröz – umumxalq bayrami har yili yanada zavqli va taassurotlarga boy tarzda ötadi. Mehr-oqibat, saxovat va muruvvat bayramining totli taomi – sumalak pişirilib, bahoriy taomlar tayyorlanadi. 2023-yilgi bahor bayramlari ham yanada zavqli taassurotlarga boy, şodiyonalik bilan nişonlandi.
Jamiyatimiz aʼzolari mamlakat hayotidagi muhim siyosiy jarayonlarda ham doimo faol. Konstituttsiyamizga özgartiriş kiritiş böyiça ötkazilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda va referendumda faol iştirok etişdi. Xususan, 2023-yilning 30-aprel sanasida Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan “Konstitutsiya – kelajagimiz kafili” deb nomlangan tadbirda jamiyatimizning qöli gul çevarlari tomonidan qöl mehnati mahsulotlari körgazmasi taşkil etildi.
Jamiyatimiz aʼzolarini yaxşi kunlarda eslaş doimo anʼanaga aylangan. Turli bayram sanalari munosabati bilan Beştom MFY, Kuyuköpir OFY, Qipçoq ŞFY, Durunki, Yangiobod, Oybek nomli, Boyovul MFY larda yaşovçi 15 nafar imkoniyati çeklangan fuqarolar holidan xabar olindi.
Şuningdek, Amudaryo tuman hokimligi, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan birgalikda 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan 30 nafar imkoniyati çeklangan, nogironligi bor bolajonlar örtasida “Maftunkor ranglar jilosi” deb nomlangan rasm çiziş böyiça körik-tanlovi bölib ötdi. Tadbir davomida tadbirning boş homiysi, D.Xaytbayeva va saxovatli insonlardan I.Olimov, E.Kazakov, D.Rahimovlar, bolajonlarni sovğalar, şirinliklar va muzqaymoq bilan siyladilar .
Tadbir yakunida 1-örin 21-sonli örta taʼlim maktabi öquvçisi Ruxşona Fayzullayevaga, 2-örin 28-sonli örta taʼlim maktabi öquvçisi Behruzbek Yuldoşboyevlarga nasib etdi va ular 2023-yil 2-iyun sanasida Nukus şahrida Adliya Vazirligi bilan birgalikda ötkazilgan “Rang-barang buyoqlar” deb nomlangan körik-tanlovida muvaffaqiyatli iştirok etib qaytdilar.
Joriy yilning 9-iyul sanasida esa jamiyatimiz aʼzolari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida katta şodiyonalik bilan iştirok etdilar.
Imkoniyati çeklangan, nogironligi bor bolajonlar örtasida sport öyinlari şaşka-şaxmat böyiça döstona musobaqalar ham reja asosida ötkazib boriladi.
Şuningdek, saxovatpeşa insonlar tomonidan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yordam paketlari tumanimizning barça hududlaridagi imkoniyati çeklangan fuqarolarga, nogironligi bölgan bolajonlarga muntazam ravişda yetkazib beriladi. Zero, bir ğarib köngilni şod etiş, Kaʼbani obod qilmoq bilan barobar, deydilar.
Bizning maqsadimiz ham hamişa ezgu, jamiyat aʼzolarning öz hayotlaridan rozi yaşaşlariga kömaklaşişdir.
N.Xolboyeva, Özbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶