63-sonli umumtaʼlim maktabida savodxonlik bayrami bölib ötdi
Har yili Yangi yil bayrami yaqinlaşgan pallalarda yurtimiz maktablaridagi 1-sinf öquvçilari “Alifbe” kitobi bilan xayrlaşib, “Öqiş” kitobi bilan tanişişni boşlaydilar. Barça harflar bilan tanişib, yod olgan jajji öquvçilar asta-sekinlik bilan harflardan sözlar tuzişni, keyinçalik esa sözlardan gaplar tuzişni örganişadi. Bunda ularga albatta ustozlari yaqindan yordam berişadi, bilmaganlarini örgatib, ilm olişda yöl-yöriq körsatadilar. Şuningdek, ustozlari jajji bolajonlarga “Vatan”, “ona”, “maktab” kabi tuşunçalarning mazmuni uqtirişadi. Bir-biridan qiziqarli mavzularda darslar ötib, öquvçilarning şaxsiy fikri va dunyoqaraşi bilan qiziqişadi. Savodxonlik bayrami esa, öquvçi hayotida yangi bir sahifa oçadigan va ilm-u, maʼrifat tantana qiladigan qadrdon bayramdir.
Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 63-sonli umumtaʼlim maktabida ham ana şunday bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirda maktabning 1-sinf öquvçilari va ularning ota-onalari, sinf rahbari Nilufar Iskandarova, maktab direktori Akbar Rajapov, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Ravşanbek Şomurotov, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Bahrom Şermanov, Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini raisi Damir Xöjamurodov hamda ustozlar, maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Akbar Rajapov kiriş sözi bilan oçib berdi va 1-sinf öquvçilarini Alifbedagi harflarni aʼlo darajada örganib çiqişgani bilan tabriklab, ilm dunyosi tomon qöyayotgan ilk qadamlari qutluğ bölişini tiladi.
Şundan keyin, 1-sinf sinf rahbari Nilufar Iskandarova boşçiligida taşkillaştirilgan bayram keçasining badiiy qismiga navbat berildi. Jajji öquvçilar Alifbedan örin olgan harflarga atab şeʼrlar aytişdi. Turli xil mavzularda bir-biridan ajoyib qöşiqlar kuylaşib, raqsga tuşdilar.
Ha, savodxonlik bayrami har bir kiçkintoyning hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Çunki ular uşbu kunda boğçada ötkazilgan tadbirlardagi iştirokidan farqli ölaroq, ilk marotaba öz isteʼdodlarini, qobiliyatlarini sahnada namoyon qiladilar. Boğçada yodlaşga topşiriq qilib berilgan şeʼrlarni ota-onalari va aka-opalari kömagida yodlaşgan bölsa, endilikda maktabdagi topşiriqlarni özlari erkin turda bajarişga harakat qiladilar. Demak, maktab bilim berişdan taşqari, insonni mustaqil bölişga va öz ustida özi işlaşga ham örgatadi.
Maʼlumot örnida, “Alifbe” sözi arab alifbosining dastlabki ikki harfi – “alif” va “be”larning birikişidan hosil bölgan. Biror-bir tilning harflar sistemasi maʼlum bir tartibda joylaştirilgan yozuv belgilari yoki böğin belgilar majmui Alifbo deyiladi. Ilk alifbo miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida şakllangan degan taxminlar mavjud. Fanda bundan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud bölgan, degan faazlar ham bor.
Turkiy xalqlarning Örxun-Enasoy va Uyğur yozuvlari bölgan. Ularni aks ettirgan harflar jadvali tovuş belgilari haqidagi boşqa manbalardagi maʼlumotlar hamda ana şu yozuv vositasida bitib qoldirilgan qadimiy yodgorliklar asosida tuzilgan.
Tadbir söngida bayram keçasiga Qorbobo va Qorqiz taşrif buyurişdi. Aziz bolajonlarni va ustozlarni Yangi yil bilan tabriklab, öquvçilarning bayramga tayyorlab kelgan şeʼrlarini tinglaşdi. Şundan söng, Qorbobo bolajonlarni yana bir bora yangi yil va savodxonlik bayrami bilan tabriklab, özi bilan birga olib kelgan sovğalarini ulaşdi.
Ha, oramizda saxovatpeşa va qöli oçiq insonlar köp. Ana şunday insonlardan biri, sözimiz avvalida tilga olganimiz – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Bahrom Şermanovdir. U bolajonlarni qöşaloq bayramlar bilan tabriklab, öquvçilarni xursand qiliş maqsadida öz hisobidan tayyorlab kelgan sovğalarni ulaşib, ularning kelgusidagi öqiş va işlariga zafarlar tiladi. Bayram bahona öquvçilarning köngillariga olam-olam quvonç ulaşdi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶