28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:27
Fan va taʼlim 👁 266

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA INDIVIDUAL TAʼLIM OLAYoTGAN OʻQUVChILAR UChUN YaNGI YIL BAYRAM TADBIRI TAShKIL ETILDI

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA INDIVIDUAL TAʼLIM OLAYoTGAN OʻQUVChILAR UChUN YaNGI YIL BAYRAM TADBIRI TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda bayramlar shunchaki ho-yu-havaslarni amalga oshirish yoxud kimnidir unutib, shodiyonalar oʻtkazish emas, balki oʻzaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, doʻstlik va tinchlik, tenglik ayyomi sifatida, barcha yosh toifalaridagi insonlar ishtirokida, koʻtarinki ruhda nishonlanadi. Ayniqsa, Yangi yil bayrami tantanalarida bu yaqqol namoyon boʻladi. Umumtaʼlim maktablarida individual taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ijtimoiylashuviga, jamiyatga faol aralashuviga koʻmaklashishga qaratilgan saʼy-harakatlar esa har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli burchiga aylangan. Aynan ana shunday oʻquvchi-yoshlar bilan tantanali bayram tadbirlarida ishtirok etish qalblardagi mehr-oqibat tuygʻularini yanada mustahkamlashi tabiiy.

Yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida oʻtkazilgan bayramona tadbir ham oʻzining yorqin taassurotlarga boyligi bilan ishtirokchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Amudaryo tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi, Oʻzbekiston “Nogironlar” jamiyatining Amudaryo tuman boʻlinmasi hamkorligida tashkillashtirilgan mazkur tadbirning koʻtarinki ruhda oʻtishida maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurotova bosh-qosh boʻldi.

Tadbirda masʼullardan tashqari, tumanning turli hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida individual taʼlim olayotgan 30 nafar imkoniyati cheklangan oʻquvchilar, 40-sonli maktabning boshlangʻich sinflar oʻquvchilari hamda bayram tadbiri homiysi, tadbirkor Dildora Hayitboyevalar ishtirok etishdi.

Amudaryo tumani hokimligi, Oʻzbekiston “Nogironlar” jamiyatining Amudaryo tuman boʻlinmasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi masʼullarining bayramona samimiy tilaklari bilan boshlangan tadbirda maktab direktori Sanobar Xoʻjamurotova mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan alohida eʼtibor va ragʻbat, shuningdek, imkoniyati cheklangan oʻquvchi-yoshlarning zamon talablari darajasida bilim olishlari, ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar xususida soʻz yuritib, mamlakatimizda barcha toifadagi insonlar davlat gʻamxoʻrligi bilan qamrab olinganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Tadbir davomida maktabning boshlangʻich sinflar oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan Yangi yil bayram kontsert dasturi namoyish etildi.

Kontsert dasturi avvalida davraga Qorbobo va Qorqiz bilan kirib kelgan bolajonlar oʻzbek xalq ertaklari qahramonlari siymolarida namoyon boʻlishib, doʻstlik, tinchlik, mehr-oqibat va ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlar aytishib, qoʻshiq va raqslar ijro qildilar. Deputat va maktab direktori Sanobar Xoʻjamurotova bayram dasturxoni yozib, tadbirkor Dildora Hayitboyeva 30 nafar, 40-sonli maktab jamoasi esa 60 nafar oʻquvchilarga oʻzlarining bayram sovgʻalarini taqdim etdilar hamda bolajonlarga cheksiz quvonch va shodliklar ulashdilar.

Amudaryo tumanining turli hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida individual taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun tashkillashtirilgan Yangi yil bayram tadbirida bolajonlar quvonch-u shodliklar, mehr va muhabbat ogʻushida, Qorbobo va Qorqiz hamrohligida yayrab dam oldilar. Oʻtkazilgan tadbir sababli ular oʻzlarining har qanday sogʻlom insonlardan kam emasliklarini chin dildan his etdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026