1-sonli maktabda Yangi yil munosabati bilan tadbir bölib ötdi
Yangi yil – qalblarga özgaça quvonç va hayajon ulaşuvçi, kattalarni ham bir zumga bolalikka qaytaradigan ajib möʼjizaviy bayram! Uşbu bayram şukuhi kezib yurgan pallalarda xonadonlarimiz gözalikka burkanadi. Uyimiz töridan joy olgan arçaning şoxlariga turli bezaklarni ilib, kiçkintoylarga qöşilib, biz ham suyunamiz. Ha, Yangi yil kayfiyati yurtdoşlarimizni ança vaqtgaça tark etmaydi. Uyimizdagi mehr ila bezatilgan zarlar esa, to qiş tugamagunça olib taşlanmaydi. Albatta, bu odamlarning naqadar Yangi yilni sevişidan dalolat. Uning boşqa bayramlardan farqi ham şunda.
Şu bilan birga, Yangi yil yurtimizdagi barça muassasa va taşkilotlarda, taʼlim maskanlarida kötarinki ruhda nişonlanadi. Joylarda bayram munosabati bilan ötkazilayotgan tadbirlarning biri ikkinçisini takrorlamaydi. Har bir bayram tadbirining öziga xos tomoni bor. Masalan, yaqindagina Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Möʼjizaviy yangi yil” mavzusi ostida taşkil qilingan bayram tadbirini boşlovçilar özbek tilidan taşqari, rus va ingliz tillarida ham olib borişdi. Bu esa, bayram keçasining nafaqat özgaça ötişini taʼminladi, balki bayramda qatnaşayotgan boşqa öquvçilarning ham çet tillari böyiça savodxonligining ortişiga hissa qöşdi.
Bayram sahnasi rang-barang dekoratsiyalar va qişki manzaralar tuşirilgan rasmlar, yulduzçalar bilan bezatildi. Bu esa, yiğilganlarning köngillariga bayramona ruh olib kirdi.
Bayram tadbirini maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçib berdi hamda öqituvçilarni va öquvçilarni bayram bilan tabriklab, ularning öqiş va işlarida zafarlar tiladi.
Şundan söng bayram tadbirining badiiy qismiga navbat berildi. Sahnada turli yoşdagi öquvçilar jozibali raqslarga tuşib, yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi. Keyin esa, bazmga Qorbobo va Qorqiz taşrif buyurib, bolajonlarga bayram sovğalarini taqdim etdilar. Ular bilan birgalikda qiş faslining tarovati, gözalliklari haqida suhbatlaşdilar. Boşlanğiç sinf öquvçilari sahnaga çiqib, özlarining qiş va yangi yil haqidagi şeʼr va qöşiqlarini aytib berişdi. Ayniqsa, 6-sinf öquvçilarining “Jingle Bells” qöşiğiga raqsga tuşişi davraga özgaça fayz bağişladi.
Şuningdek, bolajonlarning sevimli ertaklaridan biri bölgan “Oppoğoy va yetti gnom” ertagi asosida sahnalaştirilgan bayram ertagi tomoşasi yiğilganlarni bir zumga ertaklar olamiga olib kirganday böldi. Şu tariqa bayram keçasi bir-biridan ajoyib bayram qöşiqlari ijrosi bilan davom etdi.
Ayniqsa, öquvçilar ijrosida yangragan “Buratino”, “Kalinka”, “Ten ten nad vodoy”, “Sneg idyot” kabi qöşiqlar va raqslar bayram qatnaşçilarining olqişlariga sabab böldi. Tadbir öquvçilarda olam-olam taassurot qoldirdi.
Albatta, bu kabi tadbirlar öquvçilarda ijodiy qobiliyatlarini şakllantirgani, bir-birlari bilan özaro hamjihatlikda işlaşiş könikmalarini östirişi, jamoa bölib, öz isteʼdodlarini rivojlantirişi, şuningdek, darsdan taşqari böş vaqtini mazmunli ötkazgani bilan ahamiyatlidir.
Sözimiz avvalida Yangi yil kattalarni ham bir zumga bolalikka qaytaradi, deb aytgan edik. Ha, çindan ham şunday. Sababi, Yangi yilda har bir inson qaçonlardir Qorbobodan sovğa kutgan. Derazadan möralab, Qorbobo kelişini intiqlik bilan soğingan. Ulğaygaç esa, köpçilik Yangi yil arafasida yaqinlaridan bayram tabriklari, bayram sovğalari qabul qilişadi. Kimdir farzandidan, kimdir esa qöşnisidan, qarindoşidan.
Sözimiz söngida ana şu sovğalarga qöşaloq tarzda, kirib kelgan yangi 2025-yil insonlarga kutilmagan hadyalar va kutilmagan xuşxabarlarni tortiq qilsin, deymiz.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶