“MAHALLA YeTTILIGI”NING HAMKORLIKDAGI FAOLIYaTI TUFAYLI ÇOYKÖL OVULI OBOD VA FAROVON GÖŞAGA AYLANMOQDA
Biz hammamiz mahallada yaşaymiz, uning har bir qariç yerini obod qiliş, mahalla ahlining muammolariga yelka tutiş, yaxşi-yomon kunlarida mahalladoşlar bilan birga böliş, özimiz yaşab turgan hududning kelajagi, yanada taraqqiy etişi uçun masʼullik tuyğusi bilan yaşaş – azaliy qadriyat. Şu bois, har gal Yangi yil arafasida mahalla masʼullari kelgusi yil rejalari, belgilanayotgan yangi vazifalar, mahalla hayotida kutilayotgan özgarişlar yuzasidan xalq vakillari oldida hisobot berişni, yeçimini kutayotgan muammolar böyiça fikrlaşib olişni özlarining zimmalaridagi burçi deb biladilar. Zero, davlatimizning mahalla institutini rivojlantiriş va uni eng demokratik va xalqona, ijtimoiy tuzilmaga aylantiriş borasidagi talabi ham şu.
“Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yiğinlari faoliyati sohasiga kiruvçi masalalar yuzasidan hisobotlarini eşitişi ham belgilab qöyilgan. Bu esa mahalliy darajadagi muammolarga öz vaqtida yeçim topiş, jamoatçilik nazorati amalga oşirilişini, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, fuqarolarning davlat va jamiyat işlarini boşqarişda faol iştirok etişi hamda davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari örtasidagi ijtimoiy şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş imkonini bermoqda.
Yangi 2025-yilning ilk kunlarida ijodiy guruhimiz bilan Amudaryo tumanidagi Çoyköl ovul fuqarolar yiğinida bölganimizda “Mahalla yettiligi”ning aholi murojaatlari bilan işlaş, mahalliy darajadagi muammolarni samarali hal etişga qaratilgan saʼy-harakatlari tufayli xalq hayotidagi özgarişlar va yangilanişlardan közimiz quvondi. Çunki har çoraklik yakuni böyiça hokimiyat organlari rahbarlari va ovul fuqarolar yiğini vakillari tomonidan yiğin faoliyati vakolatiga kiruvçi masalalar yuzasidan hisobotlarni eşitib borilişi bois ovul ahli hayotiga oid barça muammolar tizimli ravişda hal etilib borilmoqda. “Mahalla yettiligi” aʼzolari uçun aholi murojaatlari, ariza va takliflar bilan işlaş faqat joylarda amalga oşirilayotgan işlarning samarasini belgilaş vositasi emas, neça-neça odamlarning arz-dodi, taklif va şikoyatlarini joyiga çiqqan holda ijobiy hal etişga qaratilgan ezgu qadamdir.
Bugungi kunda ovul hududida 1 ming 192 xonadon tarkibidagi 1 ming 293ta oilada 7 ming 123 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Tarixga aylangan 2024-yil davomida 1 ming 192 xonadonga “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan uyma uy yurib, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaş, xonadonlarga quyoş paneli, quyoş suv isitiş uskunasi, tejamkor lampalar örnatiş buyiça olib borilgan suhbatlar, tarğibot tadbirlari va uçraşuvlar tufayli köpdan-köp muammolar joyida hal etildi.
Xususan, yer va mol-mulk soliği, kommunal tölovlar öz vaqtida amalga oşirilgani bois, bu borada belgilangan reja 1 milliard 426 million söm öz vaqtida tölandi va aholining soliqlar böyiça qarzdorligi umuman yöq hisobi.
Aholi bandligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli 186 nafar fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega böldilar. 1 ming 105ta xonadon egalari tomorqalaridan samarali foydalanişlari evaziga öz oilalari farovon, yanada obod bölişiga erişayotganlari esa eʼtiborga va eʼtirofga munosib.
Bundan taşqari, 95ta xonadonda 10 va undan ortiq çorva mollari parvarişlanayotgani tufayli mazkur oilalar aʼzolari ham doimiy daromad manbalariga ega böldilar. “Yaşil makon” umummilliy harakati doirasida çoykölliklar mahalla binosi atrofida 20 sotix yer maydoniga 150 tup mevali daraxt köçatlari ekişib, “Mahalla boği”ni taşkil qilişgani ovul obodligini taʼminlaşga qaratilgan yana bir ezgu qadam böldi. Bundan ham muhimi, ovul hududini kökalamzor göşaga aylantiriş maqsadida 800 ta tomorqa yeri mavjud xonadonning har birida 10 tupdan, jami 8000 mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi.
Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularning oğirini yengil, muşkulini oson qiliş, qiyin paytda yelkadoş böliş “Mahalla yettiligi”ning doimiy vazifasiga aylangan. Birgalikdagi saʼy-harakatlar, tufayli yil boşida “Ijtimoiy himoya” reyestriga kiritilgan fuqarolarning barçasining turmuş şaroitlari ijobiy tomonga özgargani bois, 2025 yining 1-yanvar holatiga “Yoşlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” röyxatidagi fuqarolar mazkur daftarlardan töliq çiqarildi. Şayx qalʼa köçasida yaşovçi Nurbek Jumatovning yaşaş uyi yonib ketganligi sababli homiylar va köni-qöşnilari tomonidan hovli-joyi haşar yöli bilan taʼmirlab berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oşiriş va uning aholi muammolarini hal etişda birinçi böğin sifatida işlaşini taʼminlaşga karatilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni amalga oşiriş, qolaversa, ovul infratuzilmasini yanada rivojlantiriş maqsadida ovulda 2025-yilda bajariladigan işlar ham ayni paytda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining eʼtibor markazidagi vazifaga aylangan.
Unga köra, Os ovul aholi punktiga öquvçilarning maktabga xavfsiz qatnaşi uçun 900 metr, Çorvador aholi punktiga 300 metr masofadagi piyodalar yölakçasini quriş, tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, pillaçilik sohasida kasanaçilik faoliyatini keng joriy etiş, ovul yoşlarini sport-soğlomlaştiriş inşootlariga yanada köproq jalb qiliş, töylar, oilaviy marosimlarni kamçiqim, isrofgarçiliklarsiz ötkaziş, hududdagi umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda kitobxon yoşlar safini oşiriş, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlaşga qaratilgan kitobxonlik keçalari, taniqli yozuvçi va şoirlar bilan uçraşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan.
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining Mahalla Kengaşi aʼzolari hamda fuqarolar yiğini komissiyalari bilan hamkorlikdagi faoliyati tufayli ötgan yil davomida ovul hududida huquqbuzarlik, jinoyatçilik, oilaviy ajraşişlar va özaro nizolar umuman qayd etilmadi. Bundan ayonki, haqiqatdan ham çoykölliklar turmuş tarzida osoyiştalik va xotirjamlik hokim. Biz buni tobora gözallaşib, infratuzilmasi jadal rivojlanayotgan ovul qiyofasida körib, yaqqol his etdik.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶