“Oltin davr”ning boşoğriq damlari
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida ötgan semestr yakunlari böyiça imtihonlar ötkazilmoqda. Bu jarayon talabalarning bilimi va mehnatining sarhisobi bölib, ularning akademik muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir körsatadi. Afsuski, ana şunday muhim paytlarda ayrim talabalar moliyaviy qiyinçilik sababli imtihonlarga kiritilmayotgani yoki boşqa turli bosimlarga duç kelayotganiga oid şikoyatlar ham uçrab turadi. Bu holatlar nafaqat talabaning bilim oliş huquqini buzadi, balki oliy taʼlim tizimidagi adolat tamoyillariga ham ziddir.
Özbekiston qonunçiligida talabaning öquv jarayonida iştirok etişi va imtihon topşiriş huquqi aniq belgilangan. Qonunga köra, kontrakt summasini öz vaqtida tölamaslik talabaning imtihonlardan çetlatilişiga asos bölolmaydi. Kontrakt şartnomasi bu – moliyaviy majburiyat, lekin taʼlim oliş huquqi bundan mustaqil holda kafolatlanadi.
Agar talaba kontrakt summasini umuman tölamasa yoki şartnoma şartlarini buzsa, taʼlim muassasasi uni öqişdan çetlatişi mumkin. Ammo bu jarayon ham belgilangan tartib va talabaning huquqlari inobatga olingan holda amalga oşirilişi kerak.
Şuningdek, talabaning darslarda qatnaşişini çeklaş, fanlardan ataylab yiqitiş yoki “NB” qöyib qöyiş kabi harakatlar mutlaqo ğayriqonuniydir. Bu kabi holatlar işonib berilgan vakolatdan qonunga zid foydalaniş sifatida körilişi mumkin.
Köpinça oliy taʼlim muassasalari rahbariyati moliyaviy masalalarni hal qiliş maqsadida talabalarni turli yöllar bilan bosim ostida qoldiradi. Masalan, kontraktni tölamagan talabalarga imtihonlarga kiritmaslik haqidagi ogohlantirişlar beriladi yoki ular darslardan çetlaştiriladi. Bu esa talabaning bilim olişga bölgan motivatsiyasini pasaytiradi va taʼlim jarayonini izdan çiqaradi.
Bu muammo, asosan, moliyaviy qiyinçiliklar va taʼlim tizimining talabalar ehtiyojlariga moslaşuvçan bölmaganidan kelib çiqadi. Ayrim taʼlim muassasalari öz moliyaviy manfaatlarini ustun qöyib, talaba huquqlarini eʼtibordan çetda qoldiradi. Şuningdek, talabalar ham köp hollarda öz huquqlarini bilmaydi yoki ulardan foydalanişga jurʼat etmaydi.
Muammoning yeçimi ikki tomonlama yondaşuvni talab qiladi. Talabalar öz huquqlarini bilib, ularni himoya qilişda faol bölişlari, oliy taʼlim muassasalari esa talabalar manfaatlarini inobatga olgan holda harakat qilişlari lozim.
Talabalar öz huquqlarini bilişlari muhim. Agar imtihonlardan çetlatilgan bölsangiz yoki boşqa noqonuniy bosimga uçrasangiz, birinçi navbatda oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga yozma murojaat qiling. Agar bu murojaatlar natija bermasa, adliya organlariga murojaat qilişni unutmang. Şuningdek, kontrakt tölovlarini imkon qadar öz vaqtida amalga oşirişga harakat qiling. Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida, tegişli taşkilotlar tomonidan moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan talabalar uçun qöşimça yordam dasturlarini işlab çiqiş, ularga moliyaviy yordam yoki taʼlim kreditlari kabi qulayliklarni taqdim etiş lozim.
Davlat va nazorat organlari taʼlim muassasalarining noqonuniy harakatlarini nazorat qiliş va bartaraf etiş mexanizmlarini kuçaytirişi kerak. Bunda talabalar murojaatlarini tezkorlik bilan körib çiqiş tizimini joriy etiş va ularga adolatli yeçim topiş zarur. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalarida şaffof va adolatli tizimni yölga qöyiş uçun doimiy monitoring va tahlillar olib borilişi kerak.
Bugungi kunda taʼlim oliş har qaçongidan ham muhim. Talabalarning taʼlim oliş huquqini taʼminlaş esa nafaqat oliy taʼlim muassasalarining vazifasi, balki jamiyatning burçidir.
Moliyaviy qiyinçilik sababli biror bir talabaning taqdirini özgartirib qöyiş, uning kelajagiga salbiy taʼsir körsatişga heç kim haqli emas. Har bir talaba öz bilim va mehnati bilan adolatga erişişi mumkin va bu yölda qonun unga kömakdoş bölişi şart.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶