22-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida Vatan himoyaçilari kuni keng nişonlandi
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining taşkil topganiga 33-yil tölişi va Vatan himoyaçilari kuni mamlakatimiz böylab katta şodiyonalar bilan nişonlanmoqda. Bu bayram xalqimiz uçun yuksak ahamiyatga ega bölib, sohada fidokorlik körsatgan insonlar, Vatanimiz tinçligini saqlayotgan jasur yigitlarimizga hurmat va ehtirom ramziga aylangan. Qolaversa, xalqmizning yurt posbonlariga bölgan bunday mehri yoş avlodda vatanparvarlik tuyğularini kuçaytiradi. Ana şunday quvonçli kunda Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulidagi 22-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bayramona tadbir taşkil qilindi.
Kiçkintoylarning sevimli muassasasi xonalari uşbu kunda alohida gözallik bilan namoyon böldi. Harbiy mavzudagi bezaklar, bolajonlarning ijodiy işlari va bayramona şiorlar bilan bezatilgan zal mehmonlarda iliq tassurotlar uyğotdi. Tadbirni taşkilot rahbari Nilufar Yusupova tabrik sözi bilan oçib, taşrif buyurgan ota-onalar, mehmonlar va tarbiyalanuvçilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U öz nutqida Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, maktabgaça taʼlim tizimi bu borada muhim örin tutişini, ayniqsa, bolalar qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmatni yoşlikdan boşlab şakllantiriş lozimligini qayd etdi.
Darhaqiqat, yoşlarni yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalaş, ularning vatanga bölgan muhabbatini mustahkamlaş, mard va yurtga sadoqatli avlodni voyaga yetkaziş bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Tadbirning badiiy qismi jajji askarlar ijrosida kuylangan Davlat Madhiyasi bilan boşlandi. Ayniqsa, harbiy libosdagi kiçkintoylarning yurt madhiyasini kötarinki ruhda jöşqin ijro etişi, ota-onalar qalbiga faxru-iftixor tuyğularini baxş etdi. Bayramning badiiy qismi bolajonlarning isteʼdodi va şijoatini özida aks ettirdi. Ular öz şeʼrlarida Vatan, mardlik va jasoratni madh etib, yurtga bölgan bolalarça muhabbatini namoyiş qildi.
Çindan ham, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarning dunyoqaraşini kengaytiriş va ijodkorlik qobiliyatlarini röyobga çiqariş maqsadida ötkazilayotgan bunday tadbirlar, musobaqalar va turli körgazmalar yoş avlodning jamiyatda öz örnini topişiga zamin yaratişi şubhasiz. Albatta, har bir bolaning qalbiga Vatan tuyğusini singdirişda tarbiyaçilarning hissasi katta. Şuningdek, yoş avlodni Vatanni sevuvçi, jasoratli va fidoyi insonlar sifatida voyaga yetkaziş mamlakatimizning porloq kelajagini taʼminlaşda muhim omil hisoblanadi.
Tadbirda “Leytenant” nomli qöşiqqa tayyorlangan raqs kiçkintoylarning harbiyça harakatlari, musiqaga hamohang çiqişlari bilan alohida taassurot qoldirdi. Tayyorlov guruhi bolalarining mardona harakatlari va katta guruh qizlarining nafis ifodalari raqsga özgaça körk bağişladi.
“Askarlar” raqsi esa tadbirning hayajonli lahzasiga aylandi. Uşbu raqs orqali kiçkintoylarning har bir qadamida ona Vatanga bölgan çeksiz muhabbati jangovar musiqaning jöşqin ohanglari bilan uyğunlaşgan holda aks etdi. Bolajonlarning uşbu çiqişi tomoşabinlar qalbini zabt etib, davomli olqişlarga sazovor böldi.
Tadbir davomida Qiliçboy ovulidagi Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismning harbiy xizmatçilariga söz berildi. Mehmonlar barçani bayram bilan tabriklab, taşkilotçilarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoş avlodning tarbiyasiga bölgan eʼtibor uçun samimiy taşakkur izhor qilişdi.
Uşbu tadbir yurt himoyaçilariga bölgan yuksak hurmatning yorqin ifodasi böldi, desak aslo mubolağa bölmaydi. Tadbir davomida bolajonlar ijrosidagi şeʼru-qöşiqlar va raqslari orqali Vatan, mardlik va jasorat tuyğulari uluğlandi. Yoş avlod qalbida yurtga bölgan mehr va sadoqatni yanada oşirişga xizmat qilgan uşbu bayram tadbiri barça iştirokçilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Mard va jasoratli yigitlarimizni şaraflaş, ularning mehnatiga ehtirom körsatiş – bu mustaqil Özbekistonimizning tinçligi va xalqimizning farovon hayoti uçun minnatdorçilik ramzidir.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶