“Loyihalar yarmarkasi” tadbiri ötkazildi
2024-yil 16-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida mahallalarda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş va tijorat banklarining rolini oşiriş böyiça belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosarlari, taşkilotlar rahbarlari, tijorat banklari masʼullari, mahalladagi tadbirkorlik bilan şuğullanişni xohlovçi fuqarolar iştirok etdi.
Yarmarkani tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov oçib berdi. Hokimning birinçi örinbosari öz nutqida bugungi kunda tadbirkorlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlari xususida söz yuritib, kiçik biznesni har tomonlama rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan islohotlarga batafsil töxtalib ötdi.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda tadbirkorlar uçun barça imkoniyatlar eşiklari oçilgan. Prezidentimiz tomonidan ötgan yilning 16-dekabr sanasida ötkazgan videoselektor yiğilişida ham tadbirkorlar uçun qator yangi imkoniyatlar va imtiyozlar berilişi eʼlon qilingan edi.
Xususan, ötgan 6-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bölgan tadbirkorlarga “Kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş” dasturi doirasida şartsiz 300 million söm kredit beriladi. Bu orqali kelgusi yillarda köp sonli aholi bandligini taʼminlaş közlanmoqda.
Şuningdek, 30ta tumanda baliqçilik, quyonçilik, çorvaçilik va asalariçilik böyiça kooperatsiyalarni köpaytiriş maqsadlariga 500 milliard söm yönaltirilişi belgilandi. Endilikda ham investitsiya olib keladigan, ham köp iş örni yaratadigan startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş kengaytiriladi.
Şu bilan birga şaroiti oğir bölgan 71ta tumanga boşqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qiliş uçun ularga qöşimça kreditlar ajratilib, joriy yilda mingta oğir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard söm ajratilişi belgilangan.
Endilikda “Loyihalar yarmarkasi” har bir tuman va şaharlarda oyda ikki marta taşkil qilinadi. Tuman va şahar hokimliklari taşabbusi bilan loyihalar yarmarkasi ötkaziladigan joy tanlab olinib, yarmarka ötkaziladigan sanadan uç iş kun oldin mahalla idorasi va ijtimoiy tarmoqlardagi mahallaga tegişli guruhlarda eʼlonlar joylaştiriladi. Hokim yordamçilari va mahalla bankirlari mahallalardan yangi loyiha qilmoqçi bölgan, kreditga layoqatli mijozlarni loyihalar yarmarkasiga olib boradi.
Yarmarkada tumandagi ovul va mahallalarga biriktirilgan banklar dasturlar doirasida va öz mablağlari hisobidan mavjud kredit mahsulotlari böyiça körgazmali materiallar tayyorlab, faol iştirok etadi. Biriktirilgan banklar taşrif buyurgan jismoniy va yuridik şaxslarning biznes rejalarini körib çiqib, ularning ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda kredit mablağlarini ajratib borişni öz zimmalariga oladi.
Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida ötkazilgan dastlabki yarmarkada mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamçilari va tadbirkorlar iştirok etdi. “Loyihalar yarmarkasi” tadbiri doirasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş böyiça işlab çiqilgan biznes rejalar taqdimot qilindi. Yarmarka doirasida qator taşabbuskorlarning loyihalari tijorat banklari tomonidan maʼqullandi va kredit ajratgan holda moliyalaştiriş uçun tanlab olindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶