“Rahbar va yoşlar” uçraşuvida amudaryolik yigit-qizlarning muammolariga yeçim izlandi
Mamlakatimizda yoşlar masalalari davlat siyosati darajasiga kötarilgan bölib, ularning huquqlari, manfaatlari va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yölida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, kelajagimiz egalarining taʼlim olişi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi, kasb-hunar örganişi va ularning ijtimoiy faolligini oşiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yoşlarning barça sohalardagi faol iştirokiga keng yöl oçmoqda. Şu maqsadda taşkil etilgan “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi yoşlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning muammolari va takliflarini örganiş, şuningdek, yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş uçun muhim platforma bölib xizmat qilyapti.
22-yanvar kuni Amudaryo tuman Madaniyat bölimi binosida ham Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi taşabbusi bilan şunday uçraşuv taşkil qilindi. Uçraşuv yoşlarning murojaatlarini qabul qiliş, şuningdek, 2025-yilda yoşlar siyosati sohasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun ularning takliflarini örganiş maqsadida taşkil qilindi.
Tadbirda Amudaryo tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov, Özbekiston Yoşlar işlari agentligining mahalladagi yoşlar yetakçilari faoliyatini muvofiqlaştiriş va metodologik taʼminlaş bölimi boş mutaxassisi Şahzod Qayumov, agentlikning Qoraqalpoğiston bölimi boş mutaxassisi Anvar Maratov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Bekzod Örinboyev, ovul va mahallalardagi yoşlar yetakçilari hamda tumanning barça ovul va mahallalaridan yoşlar iştirok etdilar.
Muloqot davomida tuman hokimining örinbosari Nodirbek Kamolov sözga çiqib, tumanimizda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va davlat siyosatining yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşdagi ahamiyati haqida söz yuritdi. Hokim örinbosari har bir rahbar yoşlar muammolariga yeçim topişga masʼul ekanligini taʼkidlab, bu kabi muloqotlar yoşlarning taşabbuslarini röyobga çiqarişga zamin yaratişini qayd etdi.
Tadbir davomida yoşlar öz muammolari va takliflari bilan masʼullarga murojaat qilişdi. Murojaatlar asosan yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, biznes uçun yer hamda imtiyozli kreditlar ajratiş masalalarida böldi.
Şuningdek, tumanda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş maqsadida Call Center loyihasini amalga oşiriş taklifi ilgari surildi. Bu orqali turli xizmat körsatuvçi xodimlarni bir tizimga jamlaş va aholiga qulay xizmat körsatiş imkoniyatini yaratiş közda tutilgan.
Infratuzilmani yaxşilaş böyiça ham bir qator takliflar berildi. Xususan, Ayoqçi mahallasidagi sanoat inşootlarini xususiylaştiriş va taʼmirlaş orqali yangi iş örinlarini yaratiş, şuningdek, 63-sonli maktabga sport zal qurib, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi uçun şaroit yaratiş kabi takliflar ilgani surildi.
Bundan taşqari, IT sohasini rivojlantiriş maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qiliş, Özbekistondagi IT parklari bilan hamkorlik örnatiş va yangi startap loyihalarini amalga oşiriş takliflari bildirildi. Bu takliflar yoşlarning IT sohasiga qiziqişini kuçaytirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Şuningdek, tadbir davomida masʼullar yoşlar tomonidan bildirilgan har bir masala va taklifni örganilib, ularni amaliyotga joriy etiş uçun zarur çoralar körilişini maʼlum qilişdi. Mazkur loyiha va taşabbuslarning amalga oşirilişi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişga katta hissa qöşişi alohida qayd qilindi. Qolaversa, munosib takliflar bilan çiqqan yoşlar rağbatlantirilib, qöllab-quvvatlanişi taʼkidlandi.
Bundan taşqari, şu kuni tadbir doirasida tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi tomonidan böş iş örinlari mehnat yarmarkasi ham taşkil etildi. Mehnat yarmarkasida yoşlar turli soha va kasblardagi böş iş örinlari bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi. Şuningdek, tuman Adliya bölimi yoşlarning huquqiy masalalarini örganiş va ularga huquqiy maslahatlar beriş maqsadida uçraşuv ötkazdi.
Şubhasiz, bu kabi muloqotlar kelgusida yoşlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶