29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:34
Jamiyat 👁 8,028

Amudaryo tumanida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari boshlandi

Amudaryo tumanida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari boshlandi

Maʼlumki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Amudaryo tumanida majlis oʻtkazilib, hududni har tomonlama rivojlantirish va keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini olib borish, kambagʻallikni qisqartirish, fuqarolar hayotida uchrayotgan muammolarni hal etish, shu bilan birga mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa qator vazifalar belgilab olingan edi.

28-yanvar kuni tumanda Joʻqorgʻi Kenges Raisi boshchiligida tuproq yoʻllarni qum-shagʻal aralashmali yoʻllarga aylantirish, keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini olib borish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Tumandagi Toshqalʼa mahallasida tashkil etilgan soha rahbarlari va mutasaddilar bilan uchrashuvda Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida boshlangan ushbu obodonlashtirish ishlari doirasida mahallalar va qishloqlarning ichki xoʻjalik yoʻllariga qum-shagʻal qorishmasi toʻshalib, bu boradagi ishlar keng koʻlamda, tumanning boshqa hududlarida ham davom ettirilishini taʼkidladi.

Qayd etish joizki, shu paytgacha tumanning turli ovul va mahallalaridagi umumiy uzunligi 107 km boʻlgan tuproq yoʻllar yozda qum-chang, yomgʻirli kunlarda esa loy bilan qoplanib, aholini qiynab kelayotgan edi. Endilikda ushbu yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasini yotqizish orqali ushbu muammolarni bartaraf qilib, aholining uzogʻini yaqin, mushkulni oson qilish koʻzda tutilmoqda.

Respublika miqyosidagi rahbarlar ishtirokida dastlab Toshqalʼa mahallasida boshlangan obodonlashtirish ishlarida maxsus texnikalar ishtirok etib, tumandagi idora-tashkilotlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari safarbar qilingan. Yaqin kunlarda Toshqalʼa mahallasidagi umumiy uzunligi 6 kilometr 380 metr boʻlgan tuproq yoʻllari qayta taʼmirlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari doirasida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishdagi muammolar ham bartaraf qilinmoqda. Xususan, Toshqalʼa mahallasidagi barcha koʻchalardagi eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan 100dan ortiq elektr ustunlarini yangi temir-beton ustunlarga almashtirish rejalashtirilgan boʻlib, maxsus texnikalar jalb qilingan holda bu ishlar ham boshlab yuborildi.

Qayd etish joizki, tumanda 2025-yil mobaynida davlat dasturlari asosida barcha manbalar hisobidan jami 30 mlrd 833 mln. coʻm mablagʻ evaziga 8ta obʼektda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabr kungi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 665-sonli qaroriga asosan, joriy yilda 4 mlrd. soʻm mablagʻlar evaziga tuman hududidagi 13 km ichki yoʻllarni shagʻallashtirish koʻzda tutilgan boʻlib, hozirgi vaqtda loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tumanda jami 1 ming 117 km uzunlikdagi ichki yoʻllar mavjud boʻlib, shundan salkam yarmi, yaʼni 527 kilometri tuproq yoʻllar, 518 kilometri tosh yoʻllar, 60 kilometri asfalt yoʻllar hamda 8,9 kilometri tsement-beton yoʻllardir.

Oʻtgan 2024-yil mobaynida ham tumanda ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha qator amaliy ishlar qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabr kungi qarorga asosan 153 km, hamda Vazirlar Mahkamasining 500-sonli qaroriga asosan 34 km uzunlikdagi tuproq yoʻllarga tosh yotqizish belgilangan boʻlib, bugungi kunda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga 4,8 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan va ushbu mablagʻlar evaziga 34 km uzunlikdagi ichki yoʻllarga tosh shagʻal aralashmasi yotqizilgan. Toshqalʼadan boshlangan va tumanning barcha hududlari qamrab olinishi koʻzda tutilgan keng koʻlamli obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari ham ushbu islohotlarning uzviy davomidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026