29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:33
Jamiyat 👁 366

DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Har bir oʻzbek xonadonida oʻgʻil bola dunyoga kelsa askar tugʻildi, deya suyunchilar ulashilib, elga osh beriladi. Albatta, bu bejizga emas. Dastlab, oilada oʻgʻil bolaga haqiqiy himoyachi, ertangi kun ishonchi sifatida qaralib, tarbiya berilsa, keyinchalik esa jamiyatda, taʼlim maskanlarida yigitlarimizga chinakam vatan himoyachisi boʻlishlari uchun zamin yaratiladi. Bu borada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilinayotgan “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarining ahamiyati katta. Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda Amudaryo tumanida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda oʻtkazildi.

Tadbirda Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Shuhrat Mamatov, Nukus shahar Prokuraturasi xodimi Farid Ramazonov, DXX chegara qoʻshinlari masʼul ofitseri Sanjarbek Toshmatov, DXX chegara qoʻshinlari xodimi Mirjahon Majidov, shuningdek, tumanimizda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan oddiy askarlar hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari qatnashdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish, ularda shu yurt taqdiriga va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini uygʻotish hamda chinakam vatan himoyachilarini kashf etishdan iborat.

“Ochiq eshiklar kuni”da soʻzga chiqqan masʼullar maktab oʻquvchilariga ona yurt sarhadlarida sobit qadam boʻlib, oʻzi tugʻilib oʻsgan diyorning tinchligi va osoyishtaligini saqlash har bir farzandning muqaddas burchi ekanini alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, vatan tinchligi yoʻlida fidokorona xizmat qilib, mardlarcha halok boʻlgan bir qator harbiylarimizning sharafli umr yoʻlini oʻquvchilarga ibrat sifatida keltirib oʻtdilar. Darhaqiqat, Milliy Armiyamizning qudratini oshirishda mard va jasur oʻgʻlonlarimizning oʻrni beqiyos.

Milliy armiya – har bir davlat mustaqilligining kafolati, Vatanning mustahkam qalqonidir. Yoshlar armiyada nafaqat harbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar, balki jismonan baquvvat, irodali va vatanparvar insonlar sifatida shakllanadilar. Muddatli harbiy xizmat yoshlarga tartib-intizomli boʻlish, jamoa bilan ishlash va masʼuliyatni his qilishni oʻrgatadi.

Shu sababli ham vatan himoyachisi boʻlish har bir yigitning orzusi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yigitlarimizda harbiy xizmatga chaqirilguniga qadar yigitlik burchi qay tarzda ado etiladi, harbiy texnikalardan qay tartibda foydalaniladi, umuman, Armiya hayoti qanday boʻladi, degan savollar boʻlishi tabiiy.

Tadbir davomida oʻquvchilar ushbu savollarga javoblar oldilar. Oʻsmirlar va yoshlar tadbir davomida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarimizning yashash joylari, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, ular harbiy texnikalardan, qurol-aslahalardan, xizmat otlari va xizmat itlaridan foydalanish, ular bilan qay tartibda ishlash boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar.

Tadbir ishtirokchilari harbiylardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar oldilar. Albatta, oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar yurtimizda Jaloliddin Manguberdi izdoshlarining safini kengaytirishda, yoshlarimizning harbiy xizmatga, ona yurtga boʻlgan muhabbatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026