Aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari yuzasidan respublika miqyosidagi seminar bölib ötdi
Bugungi kunda aholini kambağallikdan çiqariş, tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali yangi iş örinlarini yaratiş, bandlikni taʼminlaşga eng ustuvor vazifalar sifatida alohida eʼtibor qaratilib, muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan bu borada muhim islohotlar amalga oşirilmoqda. Amudaryo tumanida taşkil etilgan respublika miqyosidagi seminar ham aynan uşbu masalalarga bağişlandi.
Tuman hokimligining majlislar zalida ötkazilgan seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi masʼullari, vazirliklar, respublika va tumanlar miqyosidagi tegişli taşkilotlar rahbarlari, şahar va tumanlar hokimlarining moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosarlari iştirok etdi. Özaro bilim va tajriba almaşiş maqsadi közlangan seminarda sözga çiqqanlar kun tartibidagi masalalar böyiça fikr-mulohazalar bildirdilar.
Seminarda sözga çiqqanlar tomonidan hududlarda aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş dasturlarining natijadorligiga erişiş maqsadida imzolangan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambağallikni qisqartiriş va aholi turmuş farovonligini oşiriş borasidagi çora-tadbirlarni yangi bosqiçga olib çiqiş töğrisida”gi farmoni bu borada muhim dasturulamal bölib xizmat qilayotganini taʼkidladilar.
Şuningdek, aholi bandligini taʼminlaşda tomorqalardan samarali foydalaniş, uy şaroitida dehqonçilik, hunarmandçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, tarmoqa xöjaligi bilan şuğullanişni taşkil etiş, har bir hudud uçun möljallangan “drayver” loyihalarni işlab çiqiş kabi vazifalar xususida söz yuritildi.
Seminar iştirokçilari tuman hududidagi ovul va mahallalarda tomorqalardan samarali foydalaniş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar.
Dastlab seminar iştirokçilari Boy ovul mahallasida tadbirkor Doniyor Jumamuratov tomonidan uy şaroitida taşkil etilgan mebel işlab çiqariş tsexi faoliyati bilan tanişdilar.
Keyingi manzil Beruniy mahallasida yaşovçi hunarmand Inobat Xöjaniyazovaning xonadoni böldi. Mehmonlar oila bekasi tomonidan uy şaroitida taşkil qilingan hunarmandçilik faoliyati bilan yaqindan tanişib, uning tajribalari boşqa hududlarda ham ommalaştiriş taklifini bildirdilar.
Şuningdek, seminar iştirokçilari Çoyköl ovulida yaşovçi fuqaro Davlatboy Bobojonovning tomorqasidan samarali foydalanib, töqsonbosti usulida ekinlarni yetiştiriş borasida erişayotgan natijalari bilan tanişib, özlarini qiziqtirgan savollarga namunali tomorqaçidan javoblar oldilar.
Navbatdagi manzil ham şu ovuldagi ilğor tomorqaçi Mahmud Norboyevning xonadoni böldi. Tadbir iştirokçilari xonadon egasining tomorqasida va dehqon xöjaligida taşkil etgan issiqxonalari faoliyati bilan tanişdilar hamda qişning izğirinli kunlarida issiqxonada yetiştirilayotgan mahsulotlar aholi dasturxonining tökinligi va bozorlardagi narx-navoning barqarorligini taʼminlaşga hissa qöşişini eʼtirof etdilar.
Mehmonlar şuningdek, çorvaçilik va parrandaçilik tarmoqlarini yanada rivojlantiriş böyiça tumanda amalga oşirilayotgan işlar bilan ham yaqindan tanişib, bu borada tomorqa xöjaliklarining hissasi alohida ahamiyat kasb etayotganini eʼtirof etdilar. Qangli ovulida yaşovçi Gulmon Saparov tomonidan uy şaroitida taşkil etilgan parrandaçilik va issiqxona faoliyati bu işlarga yaqqol misoldir.
Masʼullar tadbirkorlar, tomorqaçilar hamda hunarmandlar bilan suhbatlar mobaynida uşbu tarmoqlarni yanada rivojlantiriş borasida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar xususida söz yuritdilar hamda ulardan unumli foydalaniş yuzasidan qator tavsiyalar berdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶