29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:31
Jamiyat 👁 436

Amudaryo tumanida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi oʻrganildi

Amudaryo tumanida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi oʻrganildi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan tegishli Farmon va Qarorlar aynan shu maqsadga qaratilgan boʻlib, mamlakat boʻylab “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida muhim vazifalar amalga oshirilmoqda.

Joʻqorgʻi Kengesdagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasining ish rejasida belgilangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi Farmoni va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining Amudaryo tumanidagi ijrosini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Dasturning amaliy ijrosi va natijalarini muhokama qilish maqsadida Joʻqorgʻi Kengesdagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi hamda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishni partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi, Joʻqorgʻi Kengesdagi partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov ochdi hamda olib bordi.

Tadbirda dasturning ijrosi tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Maxsud Saʼdullayev soʻzga chiqib, dasturning tumandagi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan deputatlik nazorati natijalari haqida axborot berdi.

Yigʻilishda tumandagi infratuzilmasi ogʻir ahvoldagi mahallalar roʻyxati shakllantirilgani, Bobur, Amir Temur, Qangli, Boʻz yop, Kuyuk-koʻpir, Oq oltin va Uyshin nomli ovul va mahallalarda dastur doirasida qator amaliy ishlar qilinayotgani qayd etib oʻtildi.

Jumladan, tomorqa yerlarini sugʻorish tizimini yaxshilash, elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etildi. Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, shu kuni dastur ijrosini tahlil qilish maqsadida Joʻqorgʻi Kengesdagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolaridan iborat Ishchi guruh aʼzolari Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinidagi “yettilik” aʼzolari va aholi vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan takliflar, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari oʻrganildi.

Shuningdek, Ishchi guruh aʼzolari dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida xonadonlarda boʻlishdi.

Xususan, Arna boʻyi mahallasida yashovchi fuqaro Bekzod Dosimovning oilasiga oziq-ovqat mahsulotlari, koʻmir va imtiyozli kredit asosida motoroller transport vositasi berildi. Kelgusida oila aʼzolarining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Shundan soʻng ishchi guruh aʼzolari tomonidan mahalladagi yana bir xonadon holidan xabar olindi. Fuqaro Qalbika Oʻrazbayeva bilan suhbat davomida oilaga dastur doirasida oziq-ovqat mahsulotlari berib kelinayotgani, nogironligi bor boʻlgan farzandining nafaqa olish muddati uzaytirilgani va Nukus shahrida bir oy davomida bepul davolanishi uchun yordam koʻrsatilgani, oila bekasi esa tadbirkorlik oliy maktabida oʻqitilib, sertifikat bilan taʼminlangani inobatga olinib, unga kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar berildi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining izchil amalga oshirilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga, kambagʻallik darajasini kamaytirib, oilalar farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026