29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:33
Jamiyat 👁 340

Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi – taraqqiyot asosi

Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi – taraqqiyot asosi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumanida tashkil etilgan seminarda ham shu kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tumanimizning Toshqalʼa mahallasida respublika miqyosidagi masʼul rahbarlar ishtirokida boʻlib oʻtgan seminarda energiya samaradorligiga erishish, energiya tejamkor vositalardan foydalanish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar xususida soʻz yuritildi.

Seminarda Respublikadagi shahar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari, tijorat banklari masʼullari, tashkilotlarlar rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirok etdi. Unda masʼullar tomonidan energiya tejamkorligi bugunning eng ahamiyatli masalasi ekanligi, mavjud resurslardan samarali foydalanish, qolaversa, aholi bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyatsiya qilingan boʻlishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish – energiya samaradorligi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gazdan tejamkorlik bilan foydalanib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Isitish va sovitish jihozlaridan ham toʻgʻri, oqilona foydalanish – resurslarni tejashga va eng muhimi oila xarajatlarini minimallashtirishga xizmat qiladi.

Seminarda bino-inshootlarni, xonadonlarni loyihalashtirishda qurilish materiallarini toʻgʻri tanlash, jihozlash jarayonida ham energiya resurslaridan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi va tegishli tavsiyalar berildi.

Darhaqiqat, mavjud energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish – davr talabi. Masalan, foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qoʻyish, yaʼni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganda elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmasdan, ularni oʻchirib, tarmoqdan uzish orqali ham tejamkorlikka hissa qoʻshish mumkin. Shuningdek, ish joyi va xonadonlarni koʻproq tabiiy yorugʻlikdan yaʼni quyosh nuridan foydalangan holda yoritishga alohida eʼtibor qaratish zarur.

Seminarda bundan tashqari kambagʻallik darajasini qisqartirishda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, uy sharoitida dehqonchilikni rivojlantirish, bu boradagi bilimlarni yanada oshirish lozimligi taʼkidlandi. Tadbirkorlini rivojlantirish borasidagi yangi imkoniyatlar, yoshlarni, xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026