Imtiyozli tavsiyanoma uçun test sinovlari taşkil etildi
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötagan yoşlar uçun oliy taʼlim muassasalariga kirişda imtiyoz taqdim etadigan tavsiyanoma ularning kelajakdagi taʼlim va kasbiy faoliyatida muhim örin tutadi.
7-fevral kuni Amudaryo muhandislik texnikumida tuman hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatçilar örtasida oliy taʼlim muassasalariga kirişda imtiyoz beruvçi tavsiyanoma uçun test sinovlari taşkil etildi.
Jarayon avvalida Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi masʼullari tomonidan iştirokçilarga test jarayonining tartibi, asosiy mezonlari va muhim jihatlari haqida tuşunçalar berildi.
Muddatli harbiy xizmatçilarga imtiyozli tavsiyanoma beriş jarayoni ularning xizmat davomida erişgan natijalari hamda bilim saviyasi asosida baholanadi. Uşbu jarayonda askarlarning jangovar tayyorgarligi, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasi va nazariy bilimlari asosiy mezon sifatida körib çiqiladi. Jangovar tayyorgarlik – harbiy xizmat davomida ötkazilgan amaliy maşğulotlarda körsatgan natijalari asosida, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik esa askarlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanganligi, intizomi va huquqiy bilimlari darajasi böyiça baholanadi. Nazariy bilimlarni aniqlaş maqsadida esa harbiy xizmatçilar matematika, fizika va mantiqiy tafakkurga oid test sinovlaridan ötadilar.
Tavsiyanoma harbiy xizmat davomida özini intizomli, bilimli va faol sifatida namoyon etgan askarlarga taqdim etiladi. Agar askar xizmat davomida intizomiy qoidabuzarliklarga yöl qöygan yoki jazo olgan bölsa, u tavsiyanoma oliş huquqidan mahrum qilinadi. Uşbu tizim, bir tomondan, harbiy xizmat intizomini mustahkamlaşga xizmat qilsa, ikkinçi tomondan, oliy taʼlimga intilayotgan yoşlarni öz bilim va mahoratini oşirişga rağbatlantiradi.
Maxsus test sinovlari 100 ta savoldan iborat bölib, harbiy xizmatçilarning turli yönalişlardagi tayyorgarlik darajasini aniqlaşga qaratilgan. Baholaş tizimi askarlarning jangovar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi, şuningdek, matematika, fizika va mantiqiy tafakkurga oid bilimlarini qamrab oladi.
Test natijalari harbiy xizmatni ötayotgan yoşlarning bilim darajasini aniq belgilaş barobarida, ularning kelajakda oliy taʼlim muassasalarida öqiş imkoniyatini oşiriş hamda tafakkurini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Tavsiyanomaga ega bölgan harbiy xizmatçilar oliy taʼlim muassasalariga kirişda test natijalari böyiça töplagan ballarining 50 foizi miqdorida qöşimça ballga ega bölişadi. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonida harbiy xizmatni ötagan abituriyentlar uçun alohida kvotalar ajratiladi. Tavsiyanomaning amal qiliş muddati uç yil bölib, bu harbiy xizmatdan söng yoşlarning öqişga kiriş rejalari ustida işlaşi uçun yetarli imkoniyat yaratadi. Uşbu imtiyozlar harbiy xizmatni ötagan yoşlarning intellektual rivojlanişini qöllab-quvvatlaş va ularning kelajakdagi taʼlim jarayoniga keng yöl oçiş maqsadida joriy etilgan.
Muddatli harbiy xizmatni ötab, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olişni maqsad qilgan yoşlar uçun bunday imtiyozlar, şubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶