Futbol böyiça qizlar örtasida musobaqa taşkil etildi
Sport inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Xususan, ayol-qizlarning sport bilan şuğullanişi jamiyatda soğlom turmuş tarzini şakllantirişga, yoşlarning jismoniy hamda maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladi.
Yaqinda Amudaryo tumani sport maktabi taşabbusi bilan Xolimbeg ovuli hududidagi sunʼiy qoplamali mini-futbol maydonçasida futbol böyiça ayol-qizlar örtasida musobaqa taşkil etildi. Murosasiz keçgan bahslar sportçilar uçun katta tajriba maktabi bölib, qizlar futboli rivoji yölida muhim ahamiyat kasb etdi.
Turnirda Xorazm viloyati hamda Qönğirot va Xöjayli tumanlaridan kelgan tajribali sportçilardan iborat jamoalar iştirok etişdi. Musobaqada 8ta jamoa ğalaba uçun özaro kuç sinaşdi. Har bir öyin muxlislar uçun jozibador va murosasiz bellaşuvlarga boy böldi.
Futbol anʼanaviy ravişda köproq erkaklar öyini sifatida qaralsa-da, bugungi kunda ayol-qizlar ham uşbu sport turiga katta qiziqiş bildirmoqda. Özbekistonda ayol-qizlar futboliga bölgan eʼtibor tobora ortib, turli musobaqalar taşkil etilmoqda. Tumanimizda ötkazilgan mazkur musobaqa ham şu yönalişdagi muhim tadbirlardan biri böldi.
Har bir jamoa maydonda özining kuçli tomonlarini namoyiş etişga intildi. Musobaqa davomida tezkor hujumlar, çiroyli paslar va mustahkam himoya közga taşlandi. Ayniqsa, jamoalar taktik jihatdan mukammal öyin körsatişga harakat qilişdi.
Qizğin keçgan bahslar yakunida Xöjayli tumani futbolçi qizlari 1-örinni qölga kiritdi. Ular yaxşi öyini, töpni töğri nazorat qilişi va kuçli himoyasi bilan raqiblaridan ustun keldi. Amudaryo jamoasi esa 2-örinni egalladi, tumanimiz sportçilari mehmon jamoalarga munosib qarşilik körsatib, öz kuçini namoyiş etişdi. Qönğirot jamoasi esa musobaqa davomida yaxşi harakat qilib, kuçli raqiblarga jiddiy qarşilik körsatgan holda 3-örinni qölga kiritdi.
Musobaqa yakunida ğolib jamoalar Amudaryo tumani sport maktabi tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Tadbir taşkilotçilari, jumladan, tuman sport maktabi rahbariyati musobaqa iştirokçilarining kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etişlariga tilakdoş böldilar.
Murabbiylar esa öyin davomida yöl qöyilgan xatolarga eʼtibor qaratib, jamoalarga bir qator tavsiyalar berişdi. Jumladan, töpni oşirişda aniqlikka eʼtibor qaratiş, hujumda yanada samarali harakat qiliş, himoyada eʼtiborliroq böliş kabi muhim jihatlar alohida taʼkidlandi. Kelgusi musobaqalarda iştirokçilar öz xatolari ustida işlab, yanada kuçliroq jamoa sifatida maydonga çiqişlariga şubha yöq.
Bunday musobaqalar nafaqat yoş sportçilarga tajriba orttiriş imkonini beradi, balki ayol-qizlar futboliga bölgan qiziqişni oşirişga ham xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶