28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:27
Fan va taʼlim 👁 365

48-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

48-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Taʼlim-tarbiyaga eʼtibor kuchli boʻlgan jamiyat aʼzolari yuksak maʼnaviyatli, shu bilan birga ilgʻor fikrli, ilm-u maʼrifatning qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qoʻyguvchi shaxslar sifatida shakllanadilar, oʻsib kelayotgan yosh avlodning chuqur bilim olishlarini taʼminlash maqsadida fidoyilik koʻrsatadilar. Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor va izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatida ham, eng avvalo, Yangi Oʻzbekistonning yangi avlodlarini barkamol va yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish orqali jamiyatimizni yanada taraqqiy ettirishdek ezgu maqsadlar mujassam. Bu taʼlim-tarbiya sohasini dunyo andozalariga mutanosib ravishda rivojlantirish, sohaning moddiy texnik taʼminotini yaxshilash, muassasalarni eng soʻnggi rusumdagi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Amudaryo tumanida ham davlatimiz tomonidan qaratilayotgan ana shunday eʼtibor va ragʻbat tufayli taʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminoti yil sayin yaxshilanib bormoqda. Xususan, soʻnggi yillarda tumandagi bir nechta umumtaʼlim maktablarida joriy taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Birgina 2024-2025 oʻquv yilida 35-, 31- sonli umumtaʼlim maktablari uchun qoʻshimcha binolar qurib berildi, bir nechta maktablarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur taʼlim muassasalarining yangidan qurilgan qoʻshimcha binolarida ayni paytda oʻquvchilar zamonaviy sharoitlarda bilim olishmoqda.

Bundan 50-yil avval – 1975-yilda, oʻsha davr talablaridan kelib chiqib, 190 oʻquvchi oʻrniga moʻljallab bunyod etilgan 48-sonli umumtaʼlim maktabida ayni paytda 423 nafar oʻquvchi taʼlim olishadi. Oʻquvchilarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida mazkur taʼlim muassasasiga ham qoʻshimcha bino qurilishi davlat dasturiga kiritildi va 4 mlrd 706 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

“JUMURTOV TEX TAʼMIR SERVISʼ MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan maktabning 240-oʻrinli yangi qoʻshimcha binosida zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan 12ga 24 metr oʻlchamdagi sport zali, toʻliq kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlangan 1ta sinfxona, 2ta elektron doska, 60-oʻrinli oshxona mavjud boʻlib, yangi binoning barcha sinf xonalari yangi partalar, stol-stullar doskalar bilan jihozlangan.

Joriy yilning 11-fevral sanasida Jumurovul mahallasida qad rostlagan maktabning yangi qoʻshimcha binosini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Unda Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, hokim oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻash Shamuratov, shuningdek, mazkur maktab pedagogika jamoasi, ovul nuroniylari ishtirok etishdi.

Maktabning yangi binosini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tadbirni Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov ochdi va maktab pedagogika jamoasini hamda oʻquvchi-yoshlarni zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi oʻquv maskani bilan tabrikladi. Shu bilan birga maktab pedagogika jamoasining davlatimiz gʻamxoʻrligiga munosib ravishda faoliyat olib borishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli bugungi avlod yoshlari orasida bilimdon, yuksak salohiyatli va intiluvchan oʻquvchilar safi oshib borayotganini alohida taʼkidlab, 48-sonli maktab bitiruvchilarining ham oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari quvonarli ekanligini qayd etdilar va maktab qurilishini sifatli amalga oshirgan bunyodkorlarga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbir davomida “JUMURTOV TEX TAʼMIR SERVIS” MChJ rahbari Akbar Tairov maktab direktori Oʻktam Qoʻshnazarovga yangidan bunyod etilgan maktab binosining ramziy kalitini topshirdi.

Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari oʻquv muassasasining yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va qoʻli gul quruvchilar tomonidan barcha ishlar sifatli amalga oshirilganini alohida eʼtirof etdilar.

Shu kunning oʻzida maktab oʻquvchilari ustozlari rahbarligida yangi binoda dars mashgʻulotlarini boshlab yubordilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026