Iqtisodiyot
👁 2,394
Maxsus boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar yarmakasi oʻtkazildi.
Ish oʻrinlari
tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishda, aholi turmush farovonligini oshirishda ustuvor ahamiyatga ega.
Ayniqsa, kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish har doim muhim vazifa
sanaladi.Shu maqsadda Amudaryo
agrobiznes kasb-hunar kolleji binosida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi,
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida
"Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun maxsus boʻsh ish oʻrinlari va vakant
lavozimlar yarmakasi” oʻtkazildi.
Aytish kerakki,
tumanda 2015-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Dasturiga asosan yil davomida 5296ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan boʻlib, oʻtgan 3 oy davomida rejadagi 500 ta yangi ish oʻrinlarini oʻrniga 510 ta
yangi ish oʻrinlari yaratildi va reja 102 foizga bajarildi.
2014-2015 oʻquv yilida tumandagi 7 ta kasb-hunar kollejlarini 58 ta mutaxassislik boʻyicha jami 2600 nafar oʻquvchilar tugatayotgan boʻlsa, shundan 2592 nafari 894 ta korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzdilar.
Tumanda joriy yilda kasb-hunar kolleji bitiruvchilariuchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturiboʻyicha 1175 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.
Yarmakada
ishtirok etgan kollej oʻquvchilari va ishsiz fuqarolar oʻzlariga kerakli boʻlgan
mutaxassisliklar va kasblar boʻyicha maʼlumot olib, ularning aksariyati shu yerning
oʻzida ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzdilar.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
(Foto - http://kamolot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶