49-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi
Maktabgaça taʼlim bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanişida muhim bosqiç sanaladi. Şu bois, davlat tomonidan sohaga alohida eʼtibor qaratilib, maktabgaça taʼlim qamrovi va sifati yil sayin yaxşilanmoqda. 2017-yilda mamlakatimizda bolalarni maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş darajasi 27 foizni taşkil etgan bölsa, bugungi kunga kelib bu körsatkiç 75 foizdan oşdi. Bu natijaga erişişda keng kölamli islohotlar, yangi boğçalar qurilişi va mavjud muassasalarni rekonstruktsiya qiliş kabi taşabbuslar muhim rol öynadi.
Amudaryo tumanining Qangli ovuli hududidagi 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotining binosi yangidan qurilib, 12-fevral kuni foydalanişga topşirilgani şu yönalişdagi işlarning yana bir yorqin namunasi böldi. Uşbu muassasaning avvalgi binosi 1975-yilda 60-öringa möljallab qurilgan bölib, yillar davomida taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Natijada, bolajonlar yetarliça şaroitga ega bölmagan joyda taʼlim-tarbiya olişga majbur bölib kelişayotgandi. Davlatimizning maktabgaça taʼlim sohasidagi izçil islohotlari samarasi ölaroq bu muammo öz yeçimini topdi.
Muassasa binosining tantanali oçiliş marosimida tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomurotov, soha mutaxassislari, nuroniylar hamda mahalla faollari iştirok etişdi.
Tadbirda söz olgan hokim örinbosari Gözal Saburova keyingi yillarda maktabgaça taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yangi taʼlim muassasalarini barpo etiş, sohaga xususiy tadbirkorlarni jalb qiliş orqali qamrov körsatkiçini yanada oşiriş hamda bolalar uçun qulay şaroitlar yaratiş borasida olib borilayotgan islohotlarga alohida töxtalib ötdi. Uşbu özgarişlar nafaqat taʼlim sifatini oşirişi, balki ota-onalar uçun ham katta qulayliklar yaratişi qayd qilindi.
Muassasa binosini foydalanişga topşiriş marosimi bolajonlarning ijodiy çiqişlari bilan davom etdi. Kiçkinotoylar Vatan, baxtli bolalik haqida kuy-qöşiqlar ijro etib, mehmonlarni iliq qarşi olişdi. Kiçkintoylarning quvonçga töla çehrasi, quvnoq raqs öyinlari bayramga özgaça şukuh bağişladi.
Maʼlumot örnida, 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotining yangi binosi Investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard söm mablağ evaziga bunyod etildi. Quriliş işlari “Jumurtov tex taʼmir servis” MÇJ tomonidan amalga oşirilib, qisqa muddat içida 90-örinli zamonaviy 2 qavatli bino qad rostladi.
Uşbu taʼlim muassasasi mahalla aholisi uçun katta ahamiyatga ega. Avvalo, bu yerda bolalar uçun zamonaviy, xavfsiz va qulay şaroitlar yaratildi. Ular endilikda zamonaviy şaroitlarda taʼlim-tarbiya oliş imkoniyatiga ega böldilar. Bundan taşqari, avval 60 bolani qamrab olgan uşbu muassasaning imkoniyatlari kengaytirilib, 90-örinli zamonaviy binoga aylantirildi. Bu esa maktabgaça taʼlim qamrovini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Ötgan yilning özida tumanimizda 6 ta taʼlim sohasi obʼekti, jumladan, 3 ta maktab uçun qöşimça bino va 3 ta MTT binosi foydalanişga topşirildi. Bu esa davlat tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtiborning amaliy isbotidir.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶