Şaxsiy kuzatuv: Zararli odatlarning hayotimizga taʼsiri
Hozirgi kunda içkilik köpçilik insonlarda uçramoqda. Içkilikka ruju qöyganligi sababli köplab oilalar örtasida ajralişlar kelib çiqmoqda. Oilalar örtasidagi ziddiyatlar, bola tarbiyasining buzilişi ham otaning içkilikka berilişi oqibatida kelib çiqmoqda.
Men Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida öqiyman. Öqişdan çiqib yölda ketayotsam, köp içib, özini bilmay ötgan-ketgandan sadaqa sörab ötirgan insonlarni uçrataman. Bu insonlar nafaqat özini, balki özligini ham yöqotgan.
Bir kuni men sadaqa sörab ötirgan kişilardan biriga pul berdim. Onam bunga norozilik bildirdi. Bilsam, ular bu pulni uyiga emas, öziga spirt sotib olişga sarflaşar ekan. Ular içkilikka şunçalik ruju qöyganki, hayoti uçun xavfli bölgan spirt içişgayam borgan. Spirt isteʼmol qiliş hayot uçun xavfli, u oşqozonni kuydirib yuboradi. Ular na kelajak haqida, na oila haqida öylaşadi.
Oilada esa otaning tarbiyasi muhim. Bola otaga qarab ulğayadi, saboq oladi. Agar ota uyiga mast holda kelsa, bolaning ruhiyatiga katta taʼsir körsatadi. Ota-ona örtasidagi janjallar köpinça içkilikdan kelib çiqadi. Bola bunda oilaga mehrsiz bölib ulğayadi. Xalq maqollarimizda "Quş uyasida körganini qiladi", deyişadi-ku, bu bejiz emas.
Içiş-çekiş nafaqat kelajagimizga va soğligimizga juda katta taʼsir körsatadi. Köpçilik insonlar aynan içiş-çekişdan öpka zararlanişi oqibatida vafot etişadi. Çekişni faqat katta yoşli insonlarda emas, balki hali voyaga yetmagan bolalarda ham uçratişimiz mumkin.
14-15 yoşli bolalarni körib qolaman gohida. Menimça, bu holat ham oiladagi nosoğlom muhit oqibatida kelib çiqadi. Otaning çekkanini körgan bola kelajakda bunga jiddiy qaramaydi. Unga bu odatiy holat bölib tuyuladi.
Tarbiya oiladan boşlanadi. Demak, barkamol inson tarbiyasini oilada soğlom maʼnaviy muhit yaratişdan boşlaşimiz kerak.
Sabohat Xöjaboyeva,QDU talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶