Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 6-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 21-fevral kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 6-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, korxona-taşkilotlar rahbarlari va OAV vakillari iştirok etdilar.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi Raisi örinbosari – 3-Döstlik saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov olib bordi. Sessiya kotibligiga 6-Böston saylov okrugidan deputat Maqsud Saʼdullayev saylandi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala tumanda aholi bandligini taʼminlaş, kam taʼminlangan oilalarni kambağallikdan çiqariş böyiça 2024-yil davomida amalga oşirilgan işlar hamda 2025-yil yakuniga qadar tumanda amalga oşiriladigan işlar töğrisida tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.
Faxriddin Yusupov öz hisobotida tumanda aholi daromadini oşiriş, fuqarolarning bandligini taʼminlaş maqsadida biriktirilgan iqtisodiy kompleks, banklar hamda “Mahalla yettilliklari” bilan birgalikda qator işlar amalga oşirilganini qayd qilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning belgilangan prognoz körsatkiçlariga erişiş böyiça körilayotgan çoralar xususida söz yuritdi.
Hisobotda keltirilişiça, ötgan yil mobaynida iqtisodiy körsatkiçlarda yuqori ösiş surʼati kuzatilgan bölib, sanoat mahsulotlari hajmi 112,1 foizga, xizmatlar hajmi 117,4 foizga, quriliş-pudrat işlari hajmi 105,4 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi 104,2 foizga ösgan. 2024-yilda tumanda 15 ming 836 ta yangi iş örinlari yaratiş belgilangan bölib, yil yakuni bilan amalda 20 ming 855 ta iş örinlari yaratilgan va reja 132 foizga bajarilgan.
Sessiya kun tartibidagi tuman mahalliy byudjetining 2024-yilning töqqiz oyi davomida va yil yakuni böyiça ijrosi töğrisidagi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi.
Hisobotda 2024-yil 9 oy davomida Amudaryo tumani mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 46 mlrd 803,1 mln söm qilib belgilangan bölib, uşbu reja jami 47 mlrd 673,6 mln sömga, yaʼni 870,5 mln sömga ortiği bilan bajarilgani, uşbu davrda mahalliy byudjetning xarajatlari jami 198 mlrd 138,9 mln söm qilib belgilangan bölib, amalda 185 mlrd 856,8 mln sömlik mablağlar sarflangan.
Sessiyada “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlaş borasida Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boşliği Şerzod Sultanov hisobot berdi.
Deputatlar şuningdek tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan 2025-yil davomida amalga oşirilgan işlar haqida mazkur bölim boşliği örinbosari Ibragim Rajapovning hisobotini tingladilar.
Hisobotda qayd qilinganidek, 2024-yil mobaynida 404-sonli Prezident qarori asosida Beruniy mahallasi hududida joylaşgan 31-sonli maktabga 330-örinli, Xizr eli mahallasi hududida joylaşgan 46-sonli maktabga 300-örinli, Jumur ovul mahallasi hududida joylaşgan 48-sonli maktabga 240-örinli qöşimça binolar hamda mazkur maktabga 12ga 24 metr ölçamli sport zali, bundan taşqari Qoramon mahallasi hududiga davlat investitsiya dasturi asosida 150-örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi, Qangli ovulida joylaşgan 49-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotiga esa 90-öringa möljallangan yangi bino qurilişi işlari sifatli tarzda yakuniga yetkazilgan.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan mablağlarni qayta taqsimlaş masalasi yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bölimi direktori Ğulomjon Duysenbayev sözga çiqib, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib çiqib, jamğarma mablağlarini mahallalar örtasida qayta taqsimlaş töğrisidagi taklif kiritdi va taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibidagi barça masalalar atrofliça muhokama qilindi, hisobotlar va oldinda turgan vazifalar böyiça rejalar tahlil qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi hamda tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi oltinçi sessiyasi öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶