Jinoyatçilikka qarşi kuraş va xavfsiz muhitni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi
Jamiyat barqarorligi va taraqqiyotini taʼminlaşda mahalliy darajadagi huquq-tartibot işlari muhim ahamiyatga ega. Şu maqsadda, 25-fevral kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Muzaffar Rahmatullayev boşçiligida Amudaryo tumani hokimligida yiğiliş ötkazildi.
Bunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida"gi Qarori ijrosi yuzasidan tumanda olib borilgan örganişlar natijalari muhokama etildi.
Tadbirda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda texnik vositalardan samarali foydalaniş zarurligi taʼkidlandi. Şu maqsadda belgilangan örinlarda kuzatuv kameralari örnatilyapti. Oilalardagi osoyiştalikni taʼminlaş maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar bölimi tomonidan 11 nafar nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar ötkazildi. Biroq, zöravonlik holatlarini aniqlaş va ularni bartaraf etiş, öz joniga qasd qilişning oldini oliş çora-tadbirlari yetarli darajada taşkil etilmagan. Probatsiya nazoratidagi ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş, işga joylaştiriş, tadbirkorlik va hunarmandçilikka jalb etiş işlari ham qoniqarli tarzda bajarilmagan.
Işsizlik va bandlikni taʼminlaş masalalari ham alohida muhokama qilindi. Tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi tomonidan 22 nafar xotin-qiz işga joylaştirilgan. Biroq, probatsiya nazoratidagi şaxslarni kasb-hunarga yönaltiriş uçun monomarkazlarda öqitiş işlari mablağ ajratilmagani sababli boşlanmagan. Oqibatda bu holatlar huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslarning ijtimoiy moslaşuviga salbiy taʼsir körsatişi mumkinligi qayd etildi.
Yiğilişda jinoyatçilik holati va profilaktika işlari tahlil qilindi. Joriy yilning yanvar va fevral oylarida tumanda 18 ta jinoyat sodir etilgan bölib, barçasi sektor rahbarlari iştirokida muhokama qilingan. Tuman böyiça "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarni “yaşil” toifaga ötkazişga doir amaliy işlar qilinyapti. "Ijtimoiy profilaktika" tadbirlari doirasida 443 nafar şaxs haqida xulosa berilgan va ovul-mahallalardagi masʼullar tomonidan qabul qilingan.
Şuningdek, mahalliy rahbarlarning nazorat işlarini töliq taʼminlamagani aniqlangan. Xususan, tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi rahbari tomonidan kunlik nazorat örnatilmagan. Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi vazifalarini öz vaqtida bajarmagan.
Aniqlangan kamçiliklardan biri – mahallalarda “xonodonbay” va “fuqarobay” işlaş tizimi samarali taşkil qilinmagan. Migratsiyadan qaytgan va huquqbuzarlikka moyil fuqarolar bilan işlaş jarayonlari ham sust olib borilgan.
Yiğiliş yakunida mavjud muammolarni bartaraf etiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça qator vazifalar belgilab olindi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶