51-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida seminar bölib ötdi
Bolani töğri tarbiyalaşda, avvalo, u bilan töğri muloqot qiliş, bola “tili”ni tuşuniş muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, kiçkintoylarga taʼlim-tarbiya berişda ularni seviş, ularga çinakam mehr beriş ham foydadan holi bölmaydi.
Maʼlumki, bugunning kiçkintoylarini tarbiyalab voyaga yetkaziş, maktab taʼlimiga yönaltiriş har qaçongidan ham masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Boisi, bugungi globallaşuv asrida dunyoga kelgan bolakayni xörozqand bilan aldab, “seni laylak olib kelgan, uxlamasang qaytadan laylaklarga berib yuboraman…” singari çöpçaklarga işontirib bölmaydi.
Ha, bugungi yoş avlod ziyrak, bilağon, zehni ötkir. Ularni tarbiyalaşda ota-onadan ham, boğçadagi tarbiyaçilardan ham öz ustida işlaş, taʼlim-tarbiyaning zamonaviy, innovatsion metodlarini biliş va örinli qöllay oliş, degan könikmalar talab etiladi. Bunda, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida muntazam ravişda ötkazilib kelinayotgan seminarlarning öz örni bor.
Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 51-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida maktabgaça taʼlim sifatini yanada yaxşilaş va tarbiyaçilarning kasbiy mahoratini oşiriş maqsadida navbatdagi seminar taşkil etildi. Unda tumandagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari, direktor örinbosarlari va tarbiyaçilar iştirok etdilar.
Seminarni taşkil qilişdan asosiy maqsad – tarbiyaçilar örtasida tajriba almaşişni rivojlantiriş, bolalarning taʼlim-tarbiyasida zamonaviy usullarni amaliyotga tatbiq etişdir.
Jarayon davomida iştirokçilar tayyorlov, katta va kiçik guruhlarda tarbiyaçilarning oçiq maşğulot jarayonlarida iştirok etdilar. Tarbiyaçilarning bolalar bilan işlaş uslublari, maşğulot jarayonidagi pedagogik yondaşuvlari muhokama qilindi. Şuningdek, seminar mobaynida tarbiyaçilar özaro tajriba almaşiş imkoniyatiga ega bölib, ilğor pedagogik usullarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça fikr almaşdilar.
Tahlillar natijasida tarbiyaçilarning öquv jarayonida qöllayotgan innovatsion usullari yuqori baholandi. Seminarning asosiy qismi tarbiyaçilarning amaliy faoliyatini baholaş va ularning işlaş sifati böyiça fikr almaşişga bağişlandi. Mutaxassislar tomonidan tarbiyaçilarning innovatsion usullarni qöllaşdagi yutuqlari eʼtirof etildi.
Xususan, maşğulotlarda interfaol metodlardan foydalaniş, bolalarning qiziqişini oşiriş uçun öyinli yondaşuvlarni tatbiq etiş, tarbiyaviy jarayonda vizual va audio materiallardan samarali foydalaniş kabi jihatlar yuqori baholandi. Şu bilan birga, ayrim kamçiliklar ham qayd etilib, ularni bartaraf etiş böyiça aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bunday seminarlar tarbiyaçilar orasida özaro tajriba almaşiş, ularning malakasini oşiriş va maktabgaça taʼlim sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi. Şuningdek, soha masʼullari tomonidan kelgusida ham bunday tadbirlarni muntazam ravişda ötkaziş rejalaştirilgan.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶