Qipçoq davlat örmon xöjaligi — ekologik muhitni yaxşilaş yölida xayrli taşabbuslar maskani
2025-yil – Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili
Yurtimizda örmonlarni köpaytiriş va yaşil hududlarni kengaytiriş yölida muhim işlar olib borilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanidagi Qipçoq davlat örmon xöjaligi ham yaşil maydonlarni asraş, ekologik muhitni yaxşilaş, tuproq unumdorligini oşiriş va şu kabi boşqa köplab muhim vazifalarni bajaryapti. Örmon xöjaligida taşkil etilgan köçatxonalar, ularda östirilayotgan turli manzarali daraxtlar va örmonzorlar ekologik muammolarni hal etişda muhim omil hisoblanadi.
Örmon xöjaligi Nazarxon va Qipçoq bölimlaridan iborat bölib, xöjalik xodimlari asosan, qum örmonlari va saksovulzorlarni saqlaş hamda qöriqlaş işlari bilan şuğullanadi. Şuningdek, mevali va manzarali daraxt köçatlarini yetiştirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Örmon xöjaligidagi köçatxonada, asosan, manzarali, igna bargli, mevali daraxtlar va saksovul köçatlari yetiştiriladi.
Qipçoq davlat örmon xöjaligida 2024-yilda dastlabki rejaga muvofiq, 20 gektar örmon fondi yerlarini foydalanişga kiritiş belgilangan bölib, bu körsatkiç töliq bajarildi. Örmonzorlar va butazorlar maydonini kengaytiriş böyiça belgilangan reja 800 gektar bölib, amalda bu körsatkiç 5 ming 915 gektarga yetkazildi. Şuningdek, 4 ming 200 kg miqdorida daraxt va buta uruğlarini tayyorlaş belgilangan bölib, amalda 30 ming 125 kg uruğlar tayyorlandi. Uşbu uruğlar, asosan, Orol dengizining qurigan tubida örmonzorlar barpo etiş maqsadida yetkazib berilyapti.
Tut köçatlarini yetiştiriş böyiça ham kutilganidan ança yuqori natijalar qayd etildi. Belgilangan 110 ming dona köçat örniga 342 ming dona köçat yetiştirildi.
Xususiy sektor bilan hamkorlikda çorvaçilikni rivojlantiriş böyiça 531 boş çorva yetiştiriş rejasi 163,5 foizga bajarildi. Parrandaçilik yönalişida ham umumiy reja 11 ming 860 boş örniga 11 870 boş qilib bajarildi. Asalariçilik sohasida esa 1 ming 700 uyada şunça oila asalari yetiştirilib, reja 100,6 foizga bajarildi. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş yönalişida ham belgilangan rejadan 65,8 foiz yuqori körsatkiç qayd etildi. Dorivor va ozuqabop ösimliklar yetiştiriş hajmi 70 tonnani taşkil etdi.
2019-2024-yillar davomida xöjalikda jami 106 gektar maydonda ihota örmonzorlari barpo etildi. Bundan taşqari, şu yillar içida 31 ta hududda joylaşgan 140 ta fermer xöjaligi hududiga 161 ming 157 dona köçat ekildi. Uşbu işlarning asosiy maqsadi – şamol va qum köçişining oldini oliş, yerlarning hosildorligini oşiriş hamda ekologik muhitni yaxşilaşdir.
2024-yilda 82ta taşkilot va korxona bilan 151 ming 792 dona köçat yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi. Jumladan, fuqarolar yiğinlari bilan 18 ming 300 dona köçat uçun şartnoma tuzilgan bölib, turli taşkilotlar 40 ming 881 dona köçat bilan taʼminlandi. Jumur ovul mahallasida “Mening boğim” loyihasi doirasida 2,5 gektar maydon obodonlaştirilib, hudud tabiiy gözallik maskaniga aylantirildi. Mazkur boğ hududiga jami 1 ming 417 tup, jumladan 447 tup yasen, 428 tup katalpa va 542 tup qayrağoç köçatlari ekildi. Şuningdek, boqqa 10 ta örindiq va 10 ta çiqindi qutisi örnatilib, aholi uçun qulay şaroit yaratildi.
Joriy yilda Qipçoq davlat örmon xöjaligi tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar ham keng kölam kasb etadi. Xususan, örmon fondi yerlaridan oqilona foydalaniş maqsadida tumanda 231,5 gektar yer ajratilib, unda turli ekologik va iqtisodiy yönalişdagi loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Tuman hududida 200 gektar maydonda çöl ösimliklari, tez ösuvçi daraxtlar va butazorlar barpo etiladi. Bu nafaqat hududning ekologik holatini yaxşilaş, balki havoning tozaligini taʼminlaş va tuproqni eroziyadan himoya qilişda muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, kökalamzorlaştiriş işlarini yanada kengaytiriş maqsadida 0,5 gektar yerda mevali va manzarali daraxtlar köçatxonasi taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Dorivor ösimliklar – naʼmatak, lavanda, moyçeçak, dalaçoy va toğrayhon yetiştiriş maqsadida 30 gektar maydon ajratiladi. Bu ösimliklar tibbiy va farmatsevtika sohasida keng qöllanilib, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega. Şuningdek, 1 gektar yerda donli, dukkakli va poliz ekinlari yetiştiriş ham nazarda tutilgan. Bundan taşqari, 116 gektar yer ajratib, kambağal oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlaş maqsad qilingan.
“2025-yilda aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Qarorida belgilangan vazifalarga köra, Amudaryo tumanida 7 ta mahallaga – Uyşin, Amir Temur nomli, Böz yop, Kuyuk köpir, Oq oltin, Bobur nomli va Qangli ovul va mahalla fuqarolar yiğinlariga umumiy 6 ming 832 tup manzarali daraxt köçatlari va qalamçalar yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
Ekiş uçun tumanning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib, tut, qayrağoç va terak kabi tez ösuvçi hamda havoni tozalaşda muhim ahamiyatga ega bölgan daraxt turlari tanlangan. Bu nafaqat atrof-muhitni obodonlaştiriş, balki hududning iqlim şaroitini yaxşilaş, çang va issiqlikni kamaytiriş, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş imkonini beradi.
Qipçoq davlat örmon xöjaligida hozirda 56 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Har bir xodim örmonlarni himoya qiliş, noqonuniy daraxt kesiş va yonğinlarning oldini oliş, şuningdek, ekotizimni saqlaşda jonkuyarlik bilan mehnat qilmoqda.
Erkinboy Törayev, Qipçoq davlat örmon xöjaligi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶