Tuman böyiça ötgan yili 63 ta, joriy yilning 2 oyida 14 ta noqonuniy qurilgan binolar sud qaroriga muvofiq buzib taşlangan
Mamlakatimizda şaharsozlik va yerdan foydalaniş qonun bilan tartibga solingan. Ammo ayrim fuqarolar tomonidan qonun talablariga rioya qilinmagan holda, ruxsatnomasiz quriliş işlarini amalga oşiriş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat şaharsozlik meʼyorlarining buzilişiga, balki yerdan noqonuniy foydalaniş oqibatida huquqiy muammolarga ham sabab böladi. Şu bois, noqonuniy qurilişlarga qarşi kuraşiş va ularning oldini oliş davlat organlarining doimiy diqqat markazida bölib kelmoqda.
Noqonuniy quriliş – bu davlat organlarining tegişli ruxsatisiz yoki şaharsozlik qoidalariga zid ravişda barpo etilgan turar joy yoki boşqa inşootdir. Özbekiston Respublikasi qonunçiligida bunday holatlar aniqlangan taqdirda, mahalliy hokimliklar hamda vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda çora köriladi. Agar quriliş noqonuniy deb topilsa, sud qaroriga asosan, inşoot buzilişi mumkin.
Bunday holatlarning oldini oliş uçun har bir şaxs quriliş işlarini boşlaşdan oldin tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişi, yer uçastkasining maqsadli foydalaniş maqomini aniqlaşi va şaharsozlik normalariga rioya qilişi zarur.
Fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilişlarga yöl qöyilmasligi uçun huquqiy ongni oşiriş va tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Jumladan, tuman hokimligi, Arxitektura bölimi va Majburiy ijro byurosi tomonidan muntazam ravişda profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
2024-yil davomida Amudaryo tumanida noqonuniy qurilmalarni buzişga oid 208 ta ijro hujjati qabul qilingan bölib, ulardan 63 tasi ijro etilgan va tegişli qurilmalar buzilgan. 2025-yilning birinçi oylarida ham bu jarayon davom etmoqda. Xususan, yanvar-fevral oylarida 14 ta noqonuniy quriliş sud qarorlari asosida buzildi.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudining 2025-yil 14-yanvar kungi qaroriga asosan, Beş ovul mahallasida 56 kvadrat metrlik özboşimça qurilgan turar joyning ham huquqiy holati noqonuniy deb topilgan. Sud qaroriga muvofiq, uning egasi öz hisobidan qurilişni buzişi lozimligi haqida ogohlantirilgan. Javobgarning öz ixtiyori bilan 1-mart kuni qurilma buzilib, yer dastlabki holatiga keltirildi.
Noqonuniy qurilişlar şaharsozlik meʼyorlarini buzişi bilan birga, yerdan qonuniy foydalaniş tartibini ham izdan çiqaradi. Şu bois, davlat organlari va mahalliy hokimliklar tomonidan bunday holatlarning oldini oliş maqsadida qatʼiy çoralar körilmoqda. Qolaversa, noqonuniy qurilişlar ekologiyaga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şaharsozlik rejalarisiz qurilgan bino va inşootlar atrof-muhitga, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga ziyon yetkazişi ehtimoli yuqori.
Qonunçilik talablariga amal qilmaslik huquqiy va moliyaviy javobgarlikka olib kelişi mumkin. Şuning uçun har bir fuqaro quriliş işlarida masʼuliyatli bölişi, öz huquq va majburiyatlariga amal qilişi va albatta, bino yoki inşoot qurişdan oldin tegişli tartibda ruxsat olişi lozim.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶