TUMANNING QATOR HUDUDLARIGA IÇIMLIK SUVI QUVURLARI TORTILMOQDA. SUV QAÇON KELADI?
Suv – tiriklikning asosi, u bor joyda hayot qaynaydi va rivojlanadi. Bugungi ekologik holat va dunyoning ayrim burçaklarida kuzatilayotgan toza içimlik suvi tanqisligi muammosi bizni şukur qilişga hamda obi-hayotni tejab işlatişga çorlamoqda. Çindan-da, har neʼmatning sörovi bor. Suv ham Yaratganning bir neʼmati, uni isrof qiliş katta gunoh bölsa, aksinça, toza içimlik suvi yetib bormagan manzillarga suv yetkaziş, saratonda suvsiragan bir jonzotga suv beriş savob amallardan biridir.
Bugungi kunda yurtimizda suv taʼminotini yaxşilaş, aholini toza içimlik suvi bilan markazlaşgan holda taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada yurtimizning olis hududlarida ham suv taʼminoti muammolari ijobiy yeçim topmoqda. Oldingiday yetti mahalla naridan paqirda suv taşiş holatlari asta-sekin ertakka aylanib bormoqda.
Xabaringiz bor, Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraözak, Qönğirot, Nukus va Möynoq tumanlaridagi aholi va xöjalik yurituvçi subʼektlarning sifatli içimlik suvi taʼminotini yanada yaxşilaş maqsadida Özbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki örtasida 2018-yil 28-dekabrda “Özbekistonning ğarbiy qismida içimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş uçun qiymati 145 mln AQŞ dollari miqdorida qarz bitimi imzolangan edi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi Qarori asosida bu boradagi amaliy işlar boşlab yuborildi.
Loyiha doirasida Amudaryo tumanida ham aholining toza içimlik suvi bilan markazlaşgan holda taʼminlaniş darajasini sezilarli darajada yaxşilaş közda tutilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun Ozarbayjonning “ArchiCO Engineering company” quriliş korxonasi bilan hamkorlikda, qiymati 29 mln 30 ming AQŞ dollariga teng şartnoma tuzildi. Loyihaga asosan tumanimizning Navoiy, Beruniy va Bobur nomli, Böston, Çordara, Boy ovul, Olmazor, Gulzor, Döstlik, Arna böyi, Jumur ovul, Kuyuk köpir, Toş yop, Xizir eli, Qiliçboy ovul va mahallalarida jami 300 km dan ortiq uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari hamda 3 ta içimlik suvi obʼekti qurilişi va rekonstruktsiya qilinişi belgilangan.
Hozirgi kunda pudratçi taşkilotning 12 ta brigada tarkibidagi 155 nafar işçisi 30 ta texnika yordamida “RU-1” nasos stantsiyasidan Qiliçboy suv rostlaş uzeliga, şuningdek, tuman markaziga, Kuyuk köpir ovuli hududiga va Kuyuk köpir ovuli hududidan “Yarimçi” nasos stantsiyasiga polietilen quvurlar yotqizib, quriliş va rekonstruktsiya işlarini amalga oşirmoqda.
Ayni kunlarda tumanimizdagi Xitoy va Kuyuk köpir ovullari hududida hamda Manğit şahrining 1-quriliş hududida suv quvurlarini tortiş jarayonlari uzluksiz davom ettirilib, şu kungaça tuman hududida jami 180 ming 106 metr uzunlikda turli xil ölçamdagi polietilen quvurlar yotqizildi.
Şu bilan birga, işlar jadal surʼatlarda davom ettirilib, “RU-1” nasos stantsiyasida demontaj işlari olib borilmoqda. Mazkur stantsiyadagi 2 ta 4 ming 300 metr kub suv saqlovçi rezervuarlarni taşqi qoplama bilan qoplaş va betonlaştiriş işlariga hozirlik körilmoqda.
Qayd etiş kerakki, uşbu loyiha amalga oşişi natijasida Amudaryo tumanining içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 48,5 foizdan 80 foizga yetkazilişi közda tutilgan bölib, 2026-yil sentyabrgaça yuqorida tilga olingan hududlar markazlaşgan suv taʼminoti bilan töliq qamrab olinadi.
Albatta, xalqni rozi qiliş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar bugun faqatgina qoğozda emas, amalda ham öz ifodasini topmoqda. Biz esa, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, xalqimizni obi-hayot bilan taʼminlaş borasida fidoyi mehnat qilayotgan soha xodimlarining xayrli işlariga unum va baraka tilaymiz.
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶