Nikohni qayd etiş tartibini bilasizmi?
Oila Kodeksining 14- va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvçilarning özaro roziliklari va ularning nikoh yoşiga, yaʼni erkaklar va ayollar uçun 18 yoşga yetganliklari nikoh tuzişning asosiy şartlari hisoblanadi.
Nikoh tuzişni xohlovçi şaxslar bu töğrida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy ötgaç, nikoh FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
Nikoh tuzuvçilarning xohişlariga köra, nikohni tantanali ravişda qayd qiliş yoki joylarga çiqqan holda qayd qiliş xizmatlari körsatiladi. Nikohlanuvçi şaxslarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoşlari va tanişlari iştirokida qayd etiladi.
Nikohga kiriş haqidagi arizani berişda şaxsni tasdiqlovçi hujjatlardan biri, yaʼni fuqarolik pasporti, xorijga çiqiş pasporti, identifikatsiyalovçi ID karta, harbiy xizmatçining tuğilganlik haqidagi yoki harbiy guvohnomasi körsatilişi kerak.
Nikoh tuzilganligini qayd etişda nikohlanuvçi şaxslar öz xohişlariga köra, ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlaşlari yoki özlarining nikohgaça bölgan familiyalarida qolişlari mumkin.
Nikohni qayd etganlik uçun BHMning 20 foizi (bugungi kun holatiga 75 ming söm) miqdorida davlat boji va BHMning 15 foizi (56 ming 250 söm) miqdorida gerb yiğimi undiriladi.
B.Sobirov, tuman FHDYo bölimi 1-toifali inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶