Qonunçilikdagi özgarişlar
Keyingi yillarda mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanişga, iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş uçun zarur bölgan energiyaning hosil qilinişi va sarflanişini barqarorlaştirişga hamda Özbekiston Respublikasi hududida çet el tijorat taşkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilişni soddalaştirişga qaratilgan islohotlar amalga oşirilmoqda.
Biroq energiya resurslari isteʼmolçilari tomonidan tölov intizomi darajasining pastligi issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvçilarning moliyaviy körsatkiçlariga salbiy taʼsir körsatmoqda.
Şu munosabat bilan issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvçilar tomonidan isteʼmolçilarga energiya resurslari barqaror yetkazib berilişini hamda sifatli xizmatlar körsatilişini taʼminlaş uçun yetkazib berilgan energiya uçun tölov böyiça qarzlarni öz vaqtida undiriş zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Bundan taşqari «Davlat boji töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunida çet el tijorat taşkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uçun davlat boji tölanişi nazarda tutilmoqda. Şu bilan birga akkreditatsiyaning qaysi davri uçun davlat boji tölanişi aniqlaştirilmoqda.
Uşbu Qonun bilan «Davlat boji töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga tegişinça issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beriş yuzasidan xizmatlar uçun tölovlar böyiça qarzlarni undiriş töğrisidagi daʼvolar, arizalar va şikoyatlar bilan fuqarolik işlari böyiça va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvçilar davlat bojini tölaşdan ozod etilişini, şuningdek ularning talablarini qanoatlantiriş töliq yoki qisman rad etilgan taqdirda mazkur davlat bojini uşbu yetkazib beruvçilardan undiriş imkoniyatini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda. Şuningdek çet el tijorat taşkilotlarining vakolatxonalarini Özbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilişda davlat bojini tölaş har bir yil uçun amalga oşirilişini aniqlaştiruvçi özgartiriş kiritilmoqda.
Mazkur Qonun isteʼmolçilar tomonidan qarzlarning öz vaqtida tölanişini taʼminlaşga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beriş böyiça xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oşirişga, şuningdek çet el tijorat taşkilotlarining vakolatxonalarini Özbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uçun davlat boji tölaş tartibini aniqlaştirişga xizmat qiladi.
Mazkur Qonun bilan Davlat bodji töğrisidagi Qonunning 8-moddasi - quyidagi mazmundagi biinçi qismi 47-bandi bilan töldirildi: yaʼni «issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvçilar — tegişinça issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beriş yuzasidan xizmatlar uçun tölovlar böyiça qarzlarni undiriş töğrisidagi daʼvolar, arizalar va şikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda. Ikkinçi qismidagi «33 — 36 va 371-bandlarida» degan sözlar «33 — 36, 371 va 47-bandlarida» degan sözlar bilan almaştirilsin», deb belgilangan.
R.Jumabayev, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶