28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:13
Jamiyat 👁 398

48-sonli MTTda sumalak sayli boʻlib oʻtdi

48-sonli MTTda sumalak sayli boʻlib oʻtdi

Yurtimizda Navroʻzi olam shukuhi kezib yurgan pallalarda xalqimiz milliy anʼanalarimizga koʻra, sumalak sayllarini oʻtkazishadi. Sumalak tayyorlash davomida bugʻdoyni undirishdan tortib, to sumalak dasturxonlarga yetib borgunicha boʻlgan jarayonni mehmondoʻst va tanti xalqimiz “sumalak toʻyi”ga aylantirib yuborishadi. Sababi, qoʻshnisining oʻchogʻidan chiqqan tutunni koʻrgan har oʻzbek borki, qoʻshnisidan xabar olib, yordamlashishga, xayrli ishga hissa qoʻshishga oshiqadi. Sumalak pishayotgan qozon atrofida mahalla ahli jamuljam boʻlib, galdagi bahorga eson-omon yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligini soʻrab duoga qoʻl ochishadi. Ha, Navroʻzi olam mana shunday sumalakli tadbirlari bilan goʻzal. Zaminga tiriklik, uygʻonish, rizq-u roʻz olib kelgani uchun ham qadrli!

Ushbu milliy taom nafaqat qarindosh-urugʻlar, qoʻni-qoʻshnilar ishtirokida, balki yurtimiz boʻylab barcha idora va tashkilotlar, massalarda faoliyat koʻrsatib kelayotgan hamkasblar, katta-kichik davralarda ham zoʻr ishtiyoq, bayramona ruh ila tayyorlanadi. Bu esa, mehnat jamoasi oʻrtasidagi mehr-oqibatni, doʻstona yaqinlikni yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birga, hamkasblarning ishdan ortib, maʼnaviy hordiq olishiga ham hissa qoʻshadi.

Ana shunday sumalak sayllaridan biri yaqinda tumanimizning Xolimbeg ovulida joylashgan 48-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham boʻlib oʻtdi. Tashkilot xodimlari erta tongdan bogʻcha binosida jamuljam boʻlib, sumalak tayyorlashga kirishdilar. Tashkilot rahbari Xosiyat Qurbanbayeva boshchiligida tashkil qilingan sumalak saylida muassasa xodimlari Aziza Rajabova, Muhabbat Jumamurodova, Zulfiya Atabayeva, Yulduz Ismailova, Muhabbat Eshimbetova, Toʻlgʻanoy Bobojonova, Zamira Mangliyeva, Mohira Toʻrayevalar ishtirok etdilar.

Maʼnaviy hordiq olish, milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish va jamoadagi oʻzaro ahillikni mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan sumalakda bayramona tilaklar aytilib, ezgu niyatlar ila kapgir aylantirildi.

Tadbir davomida tashkilot ishchi xodimlari tomonidan akkordeon va doiralarda musiqalar chalinib, jarayon raqs, kuy-qoʻshiqlar, oʻyin-kulgilar bilan davom etdi. Sumalak ana shunday oʻyin-kulgilari bilan yanada esda qolarli oʻtdi.

Tayyor holga kelgan milliy taom hamkasblar tomonidan tatib koʻrilib, tashkilot tarbiyalanuvchilariga ham ulashildi.

Maʼlumot uchun, 48-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 2019-yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, 75-oʻringa moʻljallangan. Hozirgi kunda 90 nafar bolajonlar ushbu maskanda tarbiyalanmoqda. Shuningdek, tashkilotda 21 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, sumalak qadimdan, ayrim maʼlumotlarga koʻra 3000-yildan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshlanishi arafasida tayyorlab kelinadi. XX asrning 90-yillaridan boshlab, ushbu shohona taomni pishirish Navroʻz bayramida, ayniqsa, ayollar oʻrtasida katta tantana bilan oʻtkazila boshlangan.

Darhaqiqat, sumalak uzoq tarixga ega milliy taom hisoblanib, u haqida turli xil rivoyat va afsonalar yuradi. Necha-necha asrlar oʻtsa-da, bizgacha yetib kelgan bu taomni hamda uning tayyorlanish jarayonidagi oʻziga xos qadriyatlarni biz ham avlodlarga bus-butunligicha yetkazish har birimiz uchun muhim vazifadir. Albatta, bunda yuqorida qayd etilgan sumalak sayllarining oʻrni beqiyos.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026