NAVRÖZ KELDI VATANGA!
Sumalakdan toş topdim, bir parça quyoş topdim,
Gul-u çamanga boqdim, bağridan otaş topdim.
Baland uçgan turnalar “quv-quv”laşgan pallalar,
Kökragimga kök taqdim, yaşillangan roş topdim –
Bahordan darak bergan havolardan aylanay,
Köngillarni tebratgan navolardan aylanay!
Yam-yaşil roşda turib, peşvoz çiqdim köklamga,
Mehnatga yeng şimarib, alyor aytdim ölkamga:
– Ehe-hey! Yöl-yölaklar, bezandi mahallalar,
Gul atrini taratib, Navröz keldi Vatanga!
Ona Yurt! “Sumalakli Navrözingdan aylanay”,
Fayzga töla tört tomon, rizq-rözingdan aylanay!
Amuga boqdim şoyon, tölqinlari şiddatli,
Suvlari misli karvon, oqib borar haybatli.
Voajab! Unutilgan, sağir qolgan sohillar,
Daryosiga talpinib turişlari hayratli.
Orolqumga oşiqqan çaşmi giryonim, hay-hay –
Pomirdan enib kelgan daryoimdan aylanay!
In qurdi qaldirğoçlar ayvonlarga. Ajoyib!
Uyğondi gul-oğoçlar şabnamlarga yuz çayib.
Kurtaklar nafasida bir jonsarak hayajon,
Tölab boj-u xirojlar, gul oçdilir jilmayib.
Sabolar bazm qurgan nahoringdan aylanay,
Vatan, senga talpingan bahoringdan aylanay!
Turnalar qanotida Navröz aylar xiromon,
Xivçin “tulpor oti”da dunyo kezar bolajon.
Xuşxonlar sayroğidan yaralib dilnavolar,
Yer, osmon — koinotda aks etar “yaşil makon”.
Vatanga nur elagan oftobingdan aylanay,
Muruvvatli, mehrli mohtobingdan aylanay!
Dalalar oğuşida qizigan mehnat bazmi,
Yurtning keksa-yoşida yaratmoq – ezgu azmi.
Daşt-u çölni uyğotib, esgan mayin sabolar,
Qir-adir, toğ-u toşda azaliy hayot nazmi –
Şalolalar sirlaşgan damlaringdan aylanay,
O mehnatkaş Bahorim, taşrifingdan aylanay!
Toğlar tomon solingan söqmoqlarim maysarang,
Navröz nafasi ingan navolar bergay jarang.
Köpkariga çoğlangan anov uçqur tulporlar,
Sumalakka şaylangan momolarga bir qarang:
Qirğiz-u tojik, qozoq – qir oşib kelgan atay,
Qoraqalpoq va turkman – özbegimning öziday!
Markaziy Osiyoga Navröz keldi, yoronlar,
Çulğanib nur-ziyoga, solib zavq-u suronlar.
Oq ötovlar tikilib, boşlandi sayli Bahor,
Totuvlik oşyoniga manzil şahru yovonlar.
Vatan, özim poyingga mehr bölib tökilay,
Ellarni birlaştirgan Navrözingdan aylanay!
Jonajon Özbekiston maşhuri jahon bugun,
Öğil-qizlari zakiy va mardi maydon bugun.
“Yaşil iqtisodi”-la özni etib namoyon,
Har qariç yeri obod , “yam-yaşil makon” bugun.
Robiya der, har tuning Alloh qadr aylagay,
Kunlaring Navröz bölib, baxtga yor aylagay!
Robiya Yöldoşeva, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶