Jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida mahallalarda amalga oşirilayotgan işlar örganildi
Sönggi yillarda mamlakatimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etiş, huquqbuzarlikni sodir etişga sabab bölayotgan ijtimoiy-maişiy muammolarni ijtimoiy profilaktika çoralari tizimi orqali hal etiş hamda aholida şaxsiy xavfsizlik hissini şakllantiriş borasida samarali çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Şu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratişning taşkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslaştiriş, sodir etiladigan qonunbuzilişlarning asl omillarini öz vaqtida aniqlaş va kompleks çora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etiş orqali jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş tizimining samaradorligini yanada oşiriş dolzarb vazifa sifatida namoyon bölmoqda.
Uşbu vazifalarni samarali amalga oşiriş hamda davlat organlari va taşkilotlarining respublika mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida 2025-yilning 3-yanvar sanasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi 1-sonli qarori imzolandi.
Mazkur qarorning Amudaryo tumanidagi ijrosi bilan tanişiş maqsadida respublika masʼullaridan iborat işçi guruh tumanimizda böldi.
Işçi guruh vakillari tumanda ötgan davr mobaynida jinoyatçilik va huquqbuzarliklar sonining oşişi böyiça “qizil hudud”ga kiritilgan mahallalardagi vaziyat bilan tanişdi. Xususan, Beştom, Gulzor, Bosuv, Döstlik, A.Navoiy nomli mahallalarda “yettilik” masʼullari bilan suhbatlar olib borildi, bu borada amalga oşirilgan işlar holati örganildi hamda mavjud kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
Örganişlar mobaynida aholi xonadonlarida, ayniqsa, köp qavatli uylarda xavfsizlik çoralari körilganligi, yaʼni kuzatuv kameralarining örnatilganligi közdan keçirildi.
Şuningdek, tuman Içki işlar bölimi xodimlariga davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori bilan belgilab berilgan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişdagi ustuvor vazifalar xususida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur hujjat bilan 2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilişning mahallalar kesimida çoraklik manzilli çora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla – tuman – viloyat darajasida uning ijrosi uçun bevosita masʼul rahbarlarni biriktiriş va aniq sohaviy javobgarlikni yuklaş, kriminogen vaziyat oğir mahallalarda ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida joylarga çiqqan holda maqsadli örganişlarni ötkaziş orqali huquqbuzarliklarga sabab bölayotgan asl omillarni aniqlaş va barham beriş böyiça taşkiliy-huquqiy çoralarni köriş kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Işçi guruh vakillari tomonidan olib borilgan tarğibot işlari mobaynida mahallalarda yoşlar, ayollar va işsizlar tomonidan, şuningdek, oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olişda “Mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilaş, uşbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga alohida yondaşiş zarurligi, aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oşiriş, jinoyat sodir etilişiga sabab bölişi mumkin bölgan ijtimoiy muammolarni hal etişga jamoatçilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib boriş lozimligi tuşuntirildi.
Qolaversa, mahallalar jamoat joylari va yaşaş xonadonlarida xavfsiz muhit yaratiş, fuqarolar hayoti, soğliği va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini oliş maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etiş zarurligi taʼkidlandi.
Işçi guruh aʼzolari tuman hokimligida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlarni muvofiqlaştiruvçi maxsus ştab faoliyati bilan tanişdi. Jarayon mobaynida profilaktika doirasida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi hamda aniqlangan kamçiliklarning bartaraf qiliş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶