28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:18
Jamiyat 👁 450

11-sonli maktabda “Assalom, Navroʻz!” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

11-sonli maktabda “Assalom, Navroʻz!” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Yasharish va yangilanish ayyomi boʻlgan Navroʻzi olam haqida gap ketganida har bir insonning oʻz bolaligi, ushbu bayram bilan bogʻliq xotiralari yodiga tushadi. Sababi, bolalikdagi “chakman tosh”, “quvlashmachoq”, “bekinmachoq”, “arqon tortishuv”, “varrak uchirish” singari koʻplab oʻyinlar aynan bahor mavsumi hamda Navroʻz arafasida oʻynaladi. Shu kabi xalq oʻyinlari bolajonlarga olam-olam zavq ulashadi. Qishning izgʻirin havosidan charchagan odamlar Navroʻzga – “Yangi kun”ga yetganiga shukronalar aytib, bir-birlarining holidan xabar oladilar. Koʻk somsa-yu, koʻk chuchvara, sumalak kabi bahoriy taomlarni tayyorlab, mahalladoshlarga ilinadilar. Ha, bahor ana shunday saxovat va mehr-oqibat fasli. Navroʻz esa, dillarni dillarga bogʻlovchi shafoat, muruvvat, oʻzaro bagʻrikenglik mujassam boʻlgan koʻhna bayram.

2009-yil 30-sentyabrda Navroʻz bayrami UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros sifatida roʻyxatiga kiritilib, 2010-yil 23-fevralda BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart “Xalqaro Navroʻz kuni” deb eʼlon qilinishi ushbu bayramning maqomini yanada yuksaklarga koʻtardi. Sana munosabati bilan joylarda turli xil tadbirlar, sumalak sayllari oʻtkazilib kelinadi.

Yaqinda Amudaryo tumanidagi 11-sonli maktabda “Assalom, Navroʻz!” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram milliy oʻzligimizni anglash, oʻquvchilar qalbida milliy anʼanalarimizga hurmat va muhabbat uygʻotish, oʻquvchilar va mehnat jamoasi qalbiga bayramona shukuh olib kirish maqsadida tashkil qilindi.

Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Qunduzoy Xalmuratova tashkilotchiligida oʻtkazilgan bayram tadbirini maktab direktori Ulugʻbek Mamutov kirish soʻzi bilan ochib berib, maktab maʼmuriyatini va oʻquvchilarni bayram bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Shundan keyin bayram dasturi boshlandi.

Tadbirni maktab psixologi Dilnoza Shamurotova olib bordi. Tadbirni maktabning 9-sinf oʻquvchilari oʻzlari tayyorlagan, Navroʻz anʼanalarini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari bilan boshlab berdi. 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8- va 10- sinf oʻquvchilari esa, oʻzlarining bayramona raqslari, dilrabo qoʻshiqlari va milliy chiqishlari bilan davraga yanada fayz kiritdilar.

Soʻzimiz avvalida Navroʻz bayramida oʻtkaziladigan milliy oʻyinlar haqida soʻz yuritgan edik. Darhaqiqat, ushbu bahor bayramini milliy xalq oʻyinlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, ana shunday milliy oʻyinlardan biri bu – “Arqon tortishuv” oʻyinidir. Qadimda bu oʻyin Navroʻz bayramida, xalq sayllarida, toʻy va marosimlarda zoʻr ishtiyoq bilan oʻtkazilgan. Ushbu oʻyin endilikda ham milliy bayramlarimizda musobaqa tarzida oʻtkazilib kelinadi. Shiddatli va qizgʻin kechgan “Arqon tortishuv” musobaqasida maktabning 11-a sinf yigitlari 1-oʻrin, 9-a sinf oʻquvchilari 2-oʻrin, 10-sinf yigitlari esa 3-oʻrinni egalladilar. Gʻolib jamoalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng yaxshi raqs”, “Eng yaxshi qoʻshiq”, “Eng yaxshi milliy libos”, “Eng yaxshi guruh raqsi”, “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi milliy raqs” va “Eng yaxshi zamonaviy raqs” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ularga ham faxriy yorliqlar topshirildi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026