Çorvaçilik – oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik kafolati
Çorvaçilik – Özbekiston qişloq xöjaligining eng muhim tarmoqlaridan biri bölib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib beriş hamda içki bozor narxlarini barqarorlaştirişda katta ahamiyatga ega. Şu sababli, çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş masalasi davlat siyosatida ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangan.
2025-yil 17-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan kengaytirilgan yiğilişda çorvaçilik mahsulotlari – göşt, sut va tuxum işlab çiqariş hajmini kamida 10 foizga oşiriş böyiça muhim topşiriqlar berilgan edi. Bu çora-tadbirlar sohani izçil rivojlantiriş, çorvaçilik xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş va oziq-ovqat mahsulotlarining barqarorligini taʼminlaş maqsadini közda tutadi.
Amudaryo tumani hokimining 20-mart kungi tegişli qaroriga muvofiq, tumanda çorvaçilikni yanada rivojlantiriş maqsadida fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalarida göşt, sut va tuxum işlab çiqariş böyiça prognoz körsatkiçlari belgilandi. Şuningdek, mahallalarda çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar tasdiqlandi.
Bu borada tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi va boşqa masʼul taşkilotlar tomonidan sohani takomillaştirişga qaratilgan bir qator çora tadbirlar amalga oşirilişi belgilangan. Xususan, çorvaçilik yönalişidagi yangi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilib, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş mexanizmlari joriy etiladi. Şu maqsadda tegişli tijorat banklari iştirokida moliyalaştiriş çoralari körilişi rejalaştirilgan. Şu bilan birga, çorvaçilik subʼektlariga ajratilgan suvli yerlarni xatlovdan ötkaziş va mavjud çorva mollariga mutanosib ravişda yer ajratiş masalasi nazoratga olinadi.
Sohani rivojlantirişda ilmiy-tadqiqot işlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş muhim vazifa sifatida belgilangan. Ozuqabop ekinlar uruğçiligini rivojlantiriş maqsadida kamida bitta ixtisoslaşgan uruğçilik xöjaligini taşkil etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, agrotexnika qoidalari asosida ekinlarni parvarişlaş va örim-yiğim jarayonlarini ilmiy asosda taşkil etiş nazarda tutilgan.
Çorva mollari va parrandalar uçun ozuqa yetiştiriş hajmini oşiriş maqsadida, hokimlik zaxirasidagi ekin yerlarining 10–20 foizini çorva ozuqa mahsulotlari uçun auktsion savdosiga çiqariş közda tutilgan. Şuningdek, paxta va ğalladan normativdan köp hosil olgan fermerlarga öz yer maydonining 25 foizida çorva uçun ozuqa ekişga ruxsat beriladi.
Çorva hayvonlarini identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş tizimi yölga qöyilib, ikki hafta içida tumandagi barça çorva hayvonlarini röyxatga oliş işlari boşlab yuboriladi va yil oxiriga qadar töliq yakunlanişi rejalaştirilgan.
Uşbu çora-tadbirlarning samarali amalga oşirilişi natijasida çorvaçilik mahsulotlari hajmi kamida 10 foizga oşişi kutilmoqda. Bu esa içki bozorda göşt, sut va tuxum taʼminotining köpayişi hamda narxlarning barqarorlaşişiga xizmat qiladi. Şu bilan birga, fermerlar va tadbirkorlarning daromadi ortib, yangi iş örinlari yaratiladi.
Çorvaçilik sohasiga ilmiy innovatsiyalarni joriy etiş mahsulot sifatini oşirişga imkon bersa, ozuqabop ekinlar yetiştiriş hajmining kengayişi çorva mollari uçun barqaror ozuqa taʼminotini taʼminlaydi. Bu çora-tadbirlar orqali çorvaçilik tarmoği izçil rivojlanib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga hissa qöşadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶