28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:02
Fan va taʼlim 👁 401

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazildi

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazildi

Xorijiy tillarni oʻrganish va erkin suhbatlasha olish darajasida bilish – zamon talabi. Shu sababli davlatimiz tomonidan bugungi kunda xorijiy tillarni oʻrgatish va oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish, ularga bu borada sifatli taʼlim berish hamda oʻquvchilarning bilim darajasini sinovdan oʻtkazib, munosib baholash masalalariga ham urgʻu berilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” gi Qarori asosida 27-mart kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazildi.

Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan tanlovda tumandagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7-9-sinf oʻquvchilaridan iborat 385 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlovni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shamuratov kirish soʻzi bilan ochib berib, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi. Bundan tashqari, tanlovga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Hamidulla Begdullayev, tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining oʻrinbosarlari Ravshan Xalmuratov va Muyassar Raxmatullayevalar umumiy rahbarlik qilishdi. Har bir maktab jamoasidan ingliz tiliga qiziqadigan 5 nafar ishtirokchi test sinovlarida ishtirok etdilar. Test topshiriqlari Fan olimpiadalari markazi tomonidan muhrlangan holatda yetkazib berildi. Ishtirokchilarga test topshiriqlari va javob varaqalari tarqatilgach, testlarni yechish uchun 2 soat vaqt berildi.

Mazkur test jarayonlari davomida nafaqat oʻquvchilarning xorijiy til boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkaziladi, balki bu jarayonda chet tili oʻqituvchilarining ham bilim koʻrsatkichlari baholanadi. Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi. Bunda tanlovning tuman va shahar bosqichida 1-oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktabga — 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 50 million soʻm miqdorida mukofot puli berilishi belgilangan.

Test jarayonlari davomida oʻquvchilar oʻzlarining bor bilim va salohiyatini namoyon qilishga harakat qildilar. Jarayon yakunida oʻquvchilarining test natijalari boʻyicha javob varaqalari yigʻib olindi. Endilikda ular markazlashgan holda, Toshkent shahrida, kompyuter yordamida tekshiriladi va tanlov natijalari 10 kundan keyin eʼlon qilinadi. Tanlovning bu yilgi oʻzgachaligi – javob varaqalari hakamlar hayʼati tomonidan emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri kompyuter texnologiyasi yordamida tekshirilishida. Albatta, bu baholash jarayonlaridagi shaffoflikni taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-2024 oʻquv yili “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida 40-maktab jamoasi 1-oʻrinni, 32-maktab 2-oʻrinni va 1-maktab 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻz navbatida tegishli pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Taʼkidlash joizki, maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni oʻqitishning darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, pedagog-oʻqituvchilarning faolligini oshirish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga zamin yaratish – tanlovning maqsadi hisoblanadi.

Ushbu tanlov maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish, xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish, maktablarda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlash, tanlovda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan maktablar tajribasini ommalashtirish kabi maqsadlarga ham xizmat qiladi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026