Ijtimoiy himoya borasidagi işlar OAV nigohida
29-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan “Amudaryo tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi rejalar” yuzasidan matbuot anjumani taşkil etildi. Matbuot anjumanida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari, Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari hamda “Amudaryo TV” telekanali va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi jurnalist va muxbirlari, yoş jurnalistlar iştirok etdilar.
Matbuot anjumanini tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari, tuman hokimining matbuot kotibi Çaros Arslonova oçdi hamda olib bordi. Matbuot kotibi öz sözida sönggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyatini mustahkamlaşga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va bu boradagi islohotlar xususida söz yuritdi.
Muhtaram prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz maʼruzalarida: “Ommaviy axborot vositalari sözda emas, amalda “Törtinçi hokimiyat” darajasiga kötarilişi zarur” degan iborani köp bora taʼkidlaydilar. Darhaqiqat, bugun OAVning jamiyat siyosiy hayotidagi örni sezilarli darajada oşib, amalda “Törtinçi hokimiyat”ga aylanmoqda desak, mubolağa bölmaydi.
Özbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonuni bilan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralik siyosatini amalga oşirişda ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyatini yanada oşiriş borasidagi vazifalar mustahkamlangan.
Matbuot anjumanida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boşliği Ğulomjon Duysenboyev kun tartibidagi mavzu yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda markaz tomonidan barça toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat körsatiş kölami va turlarini kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalaştiriş xarajatlari 2 baravarga oşib, kam taʼminlangan nafaqa oluvçi oilalar qamrovi 5 barobarga köpaydi hamda nogironligi bölgan şaxslar va bolalarning parvarişi bilan band bölganlar uçun yangi nafaqa turlari joriy etildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham mehnatga layoqatsiz va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatda ehtiyojmand boşqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida norma sifatida belgilab qöyilgan.
Aholini ijtimoiy himoya qiliş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasidagi yagona davlat siyosatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari va tuman hamda şaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari taşkil etildi.
Matbuot anjumani mobaynida mahalliy OAV vakillari hamda deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan yöllangan savollarga atrofliça maʼlumotlar hamda tuşunçalar berildi. Jumladan, voyaga yetmaganlar, ota-onasidan mahrum bölgan yetim bolalarni ijtimoiy himoya qiliş, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, markazga kelib tuşayotgan murojaatlar böyiça savollarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş şuʼbasi tomonidan berilgan maʼlumotlarga köra, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan jami 245 nafar voyaga yetmagan bolaga vasiy va homiy tayinlangan, şundan vasiylikka olinganlari 152 nafarni, homiylikka olinganlari 94 nafarni taşkil etib, ularning 38 nafari çin yetim bolalardir. Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 17 yoşga tölgan 4 nafar voyaga yetmagan bolalar hamda 18-23 yoşli 3 nafar yoşlarni joriy yil davomida uy-joy bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.
Matbuot anjumani savol-javoblarga boy tarzda ötdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶