Qonunçilik palatasi deputati tibbiyot muassasalariga taşrif buyurdi
Bugungi kunda deputatlarning öz faoliyatiga masʼuliyat bilan yondaşuvi barobarida odamlarning ham xalq vakiliga bölgan işonçi ortmoqda. Xususan, deputatlarning joyiga çiqqan holda, hududlardagi mavjud muammolarni örganib, hal etişi, muammolarga samarali yeçim topişi, xalqning içiga kirib borişi esa yurtdoşlarimizning mamlakatimiz siyosiy hayotiga va siyosiy partiyalar faoliyatiga bölgan ijobiy köz qaraşining şakllanişida muhim omil bölmoqda.
Ayni kunlarda deputatlar tomonidan saylovçilarning muammolarini örganiş va ijobiy hal etiş borasida joylarda amaliy tadbirlar ötkazilmoqda.
28-mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzosi Sayyora Imamova Amudaryo tumanida böldi. Taşrif doirasida deputat saylovçilar bilan uçraşdi va hududdagi mavjud muammolarni, jumladan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va korruptsiyaning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar va tuman Köp tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyatining holatini örgandi.
Dastlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Sayyora Imamova Amudaryo tumani Köp tarmoqli markaziy poliklinikasida bemorlar va şifokorlar bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida şifokorlarning iş faoliyatida uçraydigan xato va kamçiliklarga yöl qöymaslik, kasalliklarga töğri taşxis qöyiş va öz vaqtida kasalliklarning oldini oliş, davolaş, bemorlar bilan töğri muloqot qiliş, bemorlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlarni inobatga olib, ularga töğri yeçim topiş kabi bir qator masalalar böyiça fikr va tavsiyalar berib ötildi.
Şuningdek, deputat uşbu poliklinikada tibbiy körikdan ötiş uçun aholiga yaratilgan şaroitlar bilan ham yaqindan tanişdi. Örganişlar davomida nikohdan ötişdan avval poliklinikaga tibbiy köriklardan ötiş maqsadida kelgan yoşlar bilan ham fikr-mulohazalar almaşildi. Ularga nikohdan oldingi tibbiy körikdan ötişning ahamiyati, qarindoşlar örtasidagi nikohning salbiy jihatlari, soğlom va barkamol farzandni dunyoga keltirişda tibbiy köriklarning muhimligi haqida jarayonda iştirok etayotgan şifokorlar tomonidan batafsil tuşuntirişlar berildi. Şu bilan birga, sohada korruptsiyaning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan ham yaqindan tanişildi.
Şundan söng, deputat Sayyora Imamova Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi Tuğruq bölimida bölib, u yerdagi bemorlar va şifokorlar bilan muloqot qilib, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat holatini közdan keçirdi.
Maʼlumki, mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, soğlom bola tuğilişi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkaziş soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning boş mezoniga aylandi. Xususan, ayollar va ösmir qizlarni soğlomlaştiriş va bölajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxşilaş, homiladorlarga tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş, onalar salomatligini mustahkamlaş maqsadida tibbiyot maskanlarida “Ayollar maslahatxona”lari, qizlar salomatligi bölimlari taşkil etilgan. Aholini profilaktik körikdan ötkaziş, tizimli patronaj bilan qamrab oliş va reproduktiv salomatligini mustahkamlaş yuzasidan körilgan çoralar öz natijasini bermoqda. Yurtimiz şahar va qişloqlarida zamonaviy şart-şaroitlarga ega tuğuruqxonalar qad rostlamoqda.
Deputat yoş onalar bilan dildan muloqot qilib, ularning bölimda yaratilgan şaroitlardan qay darajada roziligi, şifokorlarning muomala madaniyati qanday ekanligi va dori-darmonlar öz vaqtida yetkazilib berilayotgani bilan qiziqdi. Yangi tuğilgan çaqaloqlar ham holati közdan keçirilib, ularning kelgusida soğlom va barkamol, komil insonlar bölib voyaga yetişiga tilakdoşlik bildirildi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶