Obodonlaştiriş işlari tizimli tarzda taşkil etilmoqda
Amudaryo tumani kun sayin yangi qiyofa kasb etmoqda. Hudud infratuzilmasining yaxşilanişi, yaşil hududlarning kengayişi va aholining turmuş sifatiga ijobiy taʼsir körsatuvçi çora-tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda. Mutaxassislar va mutasaddilar şaharsozlik qoidalariga amal qilgan holda, obodonlaştiriş işlarini jadallik bilan olib borişmoqda. Yöllarni taʼmirlaş, jamoat joylarini kökalamzorlaştiriş, tungi yoritiş tizimini yaxşilaş va sanitariya çora-tadbirlarini kuçaytiriş orqali masʼul taşkilotlar aholi turmuş farovonligiga katta hissa qöşmoqda.
Tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan joriy yilgi bahor mavsumida umumiy hisobda 25 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt köçatlari ekiş rejalaştirilgan.
Şu kunlarda Beştom mahallasi hududida şörlangan tuproq yerlar tozalanib, yangi oçilgan maydonlarga köçatlar ötqazilyapti. Şuningdek, tuman böylab 22 gektar yer maydonda arça, tut hamda mevali va turli xil manzarali daraxtlar ekilişi rejalaştirilgan. Bu ekologik muhitni yaxşilaşga, havo tozaligini taʼminlaşga va atrof-muhit körkamligiga xizmat qiladi.
Bahor mavsumida boşqarmaga qaraşli issiqxonada 100 ming tupdan ortiq gul yetiştirilişi közda tutilgan. Hozirda petuniya, katarantus, zaʼfaron kabi turli xil xuşmanzara gullar parvariş qilinmoqda.
Tumanda içki yöllarni taʼmirlaş işlari ham keng kölamda olib borilmoqda. Çekka qişloqlardagi tuproqli yöllar bosqiçma-bosqiç taʼmirlanib, qum-şağal aralaşmasi yotqizilmoqda.
Yuqori qişloq, Ayoqçi mahallalari, Xolimbeg va Qipçoq ovullarida belgilangan vazifalar rejadan ortiq bajarildi. Şu kunlarda Xitoy ovulida tuproqli içki yöllarga qum-şağal aralaşmasi yotqiziş işlari jadal davom etmoqda. Bu nafaqat haydovçilar, balki piyodalar uçun ham qulaylik yaratadi. Yöllarning yaxşilanişi tumanda transport harakatining tartibli va xavfsiz bölişiga katta hissa qöşadi.
Köçalarda tungi yoritiş tizimini takomillaştiriş işlari ham muntazam ravişda olib borilmoqda. Markaziy köçalardagi tungi yoritiş çiroqlari közdan keçirilib, eski va nosoz çiroqlar zamonaviy yoritiş uskunalariga almaştirilmoqda. Bu esa aholining tungi vaqtda xavfsiz harakatlanişiga şaroit yaratib, keçasi harakat xavfsizligini oşiriş va şahar qiyofasini yanada çiroyli qilişga xizmat qiladi.
Bahor faslida quturiş va boşqa kasalliklarning oldini oliş maqsadida tuman Obodonlaştiriş boşqarmasining maxsus brigadasi tomonidan sanitariya tadbirlari kuçaytirilmoqda. Xususan, daydi itlar nazorati kuçaytirilib, ular maxsus örinlarga joylaştirilmoqda. Bu, ayniqsa, Döstlik mahallasidagi köp qavatli uylar atrofida köp uçraydigan muammolardan biri edi. Mazkur çora-tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlaş, sanitariya holatini yaxşilaş va infektsiya tarqalişining oldini oliş maqsadida olib borilmoqda.
Tumanda olib borilayotgan keng kölamli işlar hududning umumiy qiyofasini tubdan özgartirmoqda. Obodonlaştiriş, yöllarni taʼmirlaş, tungi yoritiş tizimini yaxşilaş va sanitariya çora-tadbirlarini kuçaytiriş orqali aholi uçun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratilmoqda. Rivojlanayotgan infratuzilma, qulay ekologik muhit va aholi turmuş sifatining yaxşilanişi esa Amudaryo tumanini yanada farovon va jozibali hududga aylantirişi şubhasiz.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶