Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 8-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 4-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida VII çaqiriq Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdagi 8-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim örinbosarlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengaşi Raisining örinbosari – “3-Döstlik” saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga “9-Qiliçboy” saylov okrugidan deputat Muhabbat Rahimova saylandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala – 2025-yilning birinçi çoragi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman Içki işlar bölimi boşliği Muxametali Xojamuratov hisobot berdi.
Hisobotda jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarning tinçligi va xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, sodir etilgan jinoyatlarni öz vaqtida foş qiliş, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan bir qator tezkor profilaktik tadbirlar amalga oşirilayotganligi xususida söz yuritildi.
Sessiya kun tartibidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetining 2025-yil yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasiga mablağlar ajratiş töğrisidagi masala yuzasidan tuman hokimligining moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça boş mutaxassisi Otabek Olloyorov axborot berdi. Axborotda Amudaryo ustiga qurilgan, hozirda foydalanilmayotgan eski ponton köprik qismlaridan oçiq osmon ostidagi muzey taşkil qiliş uçun mablağ ajratiş töğrisida taklif bildirildi. Uşbu taklif barça deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Kun tartibidagi navbatdagi – “Taşabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga köra ğolib deb topilgan loyihalarni tasdiqlaş töğrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Bahodir Ernazarov hisobot berdi.
Hisobotda “Taşabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumida 10-martdan 20-martga qadar bölib ötgan ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra eng köp ovoz töplagan 11 ta taşabbus ğolib deb topilgani, uşbu taşabbuslarning umumiy qiymati 16 mlrd 497 mln 828 ming sömni taşkil etişi qayd qilindi va mazkur loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, tuman hokimi örinbosari Bahodir Ernazarov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Şaharlar va boşqa aholi punktlari köçalari hamda içki xöjalik yöllari infratuzilmasini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori ijrosi borasida tumanda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ham hisobot berdi.
Sessiya majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev davlat organlari va boşqa taşkilotlarning uyma-uy yuriş, murojaatlar bilan işlaş, ijtimoiy va boşqa obʼektlarda aniqlangan muammolarni hal qiliş borasidagi faoliyatini tizimli örganiş, körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş borasida 1-çorak davomida amalga oşirilgan işlar töğrisidagi masala yuzasidan hisobot berdi.
Hisobotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2025-yil boşidan 31-mart sanasiga qadar jami 1 ming 106 ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgani, uşbu murojaatlardan 900 tasi körib çiqilgani, 682 tasi qanoatlantirilgani qayd qilindi. Hisobot davrida 381 ta murojaatlar huquqiy maʼlumot beriş orqali hal qilingan bölsa, 24 ta murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan, 194 ta murojaatlar egalariga esa tuşuntirişlar berilgan. Uşbu murojaatlarning 3 tasi körmasdan qoldirilgani, 5 tasi rad etilib, 16 tasi tugatilgani, qolgan 206 ta murojaatlar esa körib çiqiş jarayonida ekani taʼkidlandi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala böyiça tuman suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasi direktori Şukurlo Yusupov hisobot berib, isteʼmolçilar kesimida ekinlarni suğoriş uçun suv oliş limitlari böyiça deputatlarga maʼlumotlar berdi. Hisobotda keltirilişiça, 2025-yil vegetatsiya davrida tuman böyiça jami 38 ming 108 gektar ekin ekiladigan maydonda, şundan 16 ming gektar paxta, 5 ming 809 gektar kuzgi buğdoy va 9 ming 647 gektar boşqa ekinlar, 6 ming 652 gektar tomorqa yer maydonlarini suğoriş rejalaştirilgan va şu maqsadda suv oliş limitlari işlab çiqilgan.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqilib, muhokama qilindi va tegişli qarorlar qabul qilindi. Şu bilan tuman Kengaşining 8-sessiyasi öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶