28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:00
Siyosat 👁 681

Deputatlar birinchi chorak yakuni boʻyicha saylovchilarga hisobot bermoqda

Deputatlar birinchi chorak yakuni boʻyicha saylovchilarga hisobot bermoqda

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning oʻtgan 3 oyi davomida amalga oshirgan ishlari va deputatlik faoliyati xususida aholiga hisobot bermoqda.

Amir Temur nomli OFY binosida ham shu kabi uchrashuv oʻtkazilib, unda hududdan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻ.Yeshniyozov va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Saʼdullayevlar ishtirok etdi.

Deputatlar taʼkidlaganlaridek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman hokimligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada oshirish va infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish uchun 20 ga yaqin Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida 21 mingdan ortiq ogʻir ahvoldagi turar joylarni taʼmirlash, janubiy tumanlardagi 2 ming km.dan ortiq ichki yoʻllarga tosh-shagʻal aralashmasi yotqizish ishlari amalga oshirildi. Kadastri yoʻq 27 ming 590 ta uy-joyning ijara va mulk huquqlari boʻyicha tegishli hujjatlar ishlab berildi. 452 ta mahallaning har biriga 500 mln soʻmdan, jami 228 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

Yigʻilishda ovul faollari Musofir aholi punktiga ichimlik suvi tarmogʻini tortish, ichki tuproq yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizish, Mangʻit shahridan Amir Temur nomli ovulga olib boruvchi yoʻlni asfaltlash masalalarida murojaat qildilar. Ushbu murojaatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilishi qayd qilindi.

Shu kabi uchrashuv tumanning Toʻlqin ovulida ham oʻtkazildi. Uchrashuvda deputat Gʻ.Yeshniyozov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va oʻz faoliyati xususida hisobot berdi.

Uchrashuvda aholi vakillari ijtimoiy taʼminot masalasida, shuningdek 28-sonli maktabga olib boruvchi yoʻl boʻyiga piyodalar yoʻlakchasi qurish, tomorqalarni oqar suv bilan taʼminlash masalalarda deputatga murojaat qildilar.

Bir guruh fuqarolarning ovul hududidan oʻtgan yangi temir yoʻl liniyasi Changal qalʼa aholi punktiga borish yoʻllarini uzib qoʻygani, natijada shu hududda yashovchi aholi ovul markaziga kelish uchun 5-6 kilometr uzoq masofadan aylanib oʻtishga toʻgʻri kelayotgani, ovuldagi qabriston ham ushbu temir yoʻlning narigi tomonida qolgani sababli aholi uchun noqulayliklar tugʻdirayotgani boʻyicha qilgan murojaati joyiga chiqib oʻrganildi va tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilib, ijobiy hal qilinishi maʼlum qilindi.

Choykoʻl ovulida oʻtkazilgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻ.Yeshniyozov va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ya.Ahmedov, S.Murodboyevalar saylovchilarga hisobot berdilar.

Ovul aholisi xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 22-sonli maktab oldidan oʻtgan qismiga bolalar xavfsizligini taʼminlash uchun yotiq sunʼiy toʻsiq oʻrnatilgani, yoʻldan katta yuk avtomobillari oʻtishi sababli uning bir qismi ishdan chiqqanini maʼlum qilib, taʼmirlash masalasida deputatlardan amaliy yordam soʻradi.

Shuningdek, aholi tomonidan turar joylarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish, sobiq Madaniyat qishloq vrachlik punkti negizida oilaviy poliklinika tashkil qilish va boshqa masalalarda yoʻllangan murojaatlar ham tegishli tartibda oʻrganib chiqilib, zarur choralar koʻrilishi maʼlum qilindi.

Uchrashuvdan keyin Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar Gʻ.Yeshniyozov va Ya.Ahmedovlar xotin-qizlar bandligini taminlash maqsadida OFY binosida tashkil qilingan tikuvchilik tsexi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026