Mini futbol böyiça DXX kubogi musobaqalarining tuman bosqiçiga start berildi
Jamiyatning har tomonlama rivojlanişi uçun yoş avlodning soğlom va jismonan barkamol bölib ulğayişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu boisdan sport va jismoniy tarbiyani keng tarğib qiliş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni uşbu sohalarga jalb etiş dolzarb masalaga aylangan. Zero, yoşlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb qiliş – soğlom jamiyat poydevoridir.
Şu maqsadda ayni kunlarda butun mamlakatimiz böylab anʼanaviy “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sport musobaqalarining hududiy bosqiçlari ötkazilmoqda.
8-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining sunʼiy qoplamali sport maydonçasida bu yilgi mazkur musobaqalarning tuman bosqiçiga start berildi.
Oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, tumanimiz yoşlarining uşbu bellaşuvlarda iştirok etişga bölgan qiziqişlari tobora ortib borayotgani, sport musobaqalarining yoş avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalaşdagi örni va ahamiyati töxtalib ötdi. Tuman hokimi öz nutqida amudaryolik yoşlar uşbu musobaqalarda respublikada eng peşqadamlar safida iştirok etib kelayotgani xususida söz yuritib, yoşlarga bu yilgi bellaşuvlarda ham omad va zafarlar tiladi hamda ularning Özbekiston miqyosida çempionlikni qölga kiritişlariga işonç bildirdi.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqan masʼullar ösmir yigit-qizlarimiz “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarida Qoraqalpoğiston miqyosida çempionlikni qölga kiritib, Özbekiston bosqiçida munosib iştirok etib kelayotganini alohida eʼtirof etdilar.
Şundan keyin tumanimizdagi 49 ta ovul va mahallalaridan kelgan ösmir yigit-qizlardan iborat jamoalar örtasida sportning mini futbol turi böyiça “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berilib, qizğin bahslar boşlab yuborildi.
Ilk uçraşuv Beştom va Daryo böyi mahallasining öğil bolalar jamoalari örtasida böldi. Ösmir qizlar örtasidagi ilk bahsda esa Xolimbeg hamda Oq oltin ovuli jamolari özaro bellaşdilar.
Taʼkidlaş kerakki, sport salomatlik va tarbiyaning asosidir. Sport nafaqat inson salomatligini mustahkamlaşda, balki intizomli, sabrli va maqsadga intiluvçan şaxsni şakllantirişda ham muhim vositadir. Yoşligidan sport bilan şuğullangan farzand jismoniy va maʼnaviy barkamol bölib voyaga yetadi. Sport yoşlarga öz vaqtini töğri taqsimlaşga, zararli odatlardan yiroq bölişga va hayotda faol pozitsiyani egallaşga yordam beradi.
Mamlakatimizda yoşlarni sportga faol jalb qiliş maqsadida taʼlim muassasalarida sport tögaraklari taşkil qilinib, muassasalarning infratuzilmasi rivojlantirilmoqda. Futbol, voleybol, kuraş, suziş kabi tögaraklarda minglab yoşlar böş vaqtlarini mazmunli ötkazib, sportga oşno bölmoqda.
Bu borada turli musobaqalarning, şu jumladan mahallalarda muntazam ötkazilayotgan sport musobaqalarining ahamiyati ham katta bölmoqda. Bu orqali yoşlar öz iqtidorini namoyon etib, bir-biri bilan raqobatda yanada faol bölişga, soğlom turmuş tarziga amal qilişga odatlanmoqda.
Aytiş joizki, yoşlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb qiliş nafaqat ularning soğliği, balki jamiyat kelajagi uçun ham sarmoyadir. Zero, soğlom yoşlar – kuçli davlatning tayançidir. Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uçun mini futbol böyiça ötkazilayotgan musobaqalar ham aynan ana şu maqsadlarga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶