“Taşabbusli byudjet” mablağlari hisobidan 40-sonli maktab hududida zamonaviy sport maydonçasi qurilib, foydalanişga topşirildi
Yurtimizda sönggi yillarda fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi iştiroki va taşabbuslarini rağbatlantiriş, mahalliy muammolarni hal etişga keng jamoatçilikni jalb etiş maqsadida “Taşabbusli byudjet” mexanizmi joriy etildi. Mazkur tizim orqali aholi tomonidan bildirilgan takliflar ovoz beriş orqali saralanib, eng munosiblari davlat byudjeti hisobidan moliyalaştirib kelinmoqda. Bu jarayon aholi talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda hududlardagi infratuzilmani yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
“Taşabbusli byudjet”ning 2024-yilgi mavsumi doirasida Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi tomonidan taqdim etilgan maktab hududida mini futbol maydoni barpo etişga doir loyiha ğolib deb topilgan edi. Natijada mazkur ijtimoiy ahamiyatga molik loyihaga davlat byudjeti hisobidan 1 milliard 282 million söm mablağ yönaltirildi.
Loyiha asosida zamonaviy mini futbol hamda voleybol va basketbol öyinlari uçun maydon qurildi. Quriliş işlari “Mang‘it Invest Maksimum” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan yuqori sifatda va qisqa muddatda bajarildi. Sport inşootining yon va ustki qismi maxsus qoplamalar bilan taʼminlangani maydondan turli mavsumlarda ham samarali foydalaniş imkonini yaratadi.
Joriy yilning 7-mart kuni mazkur maydonning oçiliş marosimi tantanali ruhda ötkazildi. Tadbirda tuman taʼlim bölimi masʼullari, maktab pedagogika jamoasi, Yangiobod mahallasi “yettilik” aʼzolari, mahalliy faollar, yoşlar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan “Taşabbusli byudjet” loyihasi aholining jamiyat hayotidagi iştirokini taʼminlaş, byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş va fuqarolar fikrini inobatga oliş borasida muhim platformaga aylanayotgani taʼkidlandi. Şuningdek, bunday loyihalar joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarni yaxşilaşga, yoş avlodni sportga jalb etişga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Bayramona tadbir davomida maktab öquvçilari tomonidan kontsert dasturlari, örtoqlik uçraşuvlari taşkil etildi. Xususan, yuqori sinf öquvçilari örtasida futbol va basketbol böyiça öyinlar ötkazildi.
Aytiş lozimki, uşbu sport maydonining foydalanişga topşirilişi maktab öquvçilari hamda mahalliy yoşlar uçun zamonaviy sport bilan şuğullaniş imkoniyatini yaratib, ularning soğlom turmuş tarziga rioya etişlari, jismoniy faolligi va musobaqalardagi iştirokini kuçaytirişga turtki böladi.
Mazkur loyiha samarasida, ilgarilari mavjud bölmagan infratuzilma yaratilib, yoşlar uçun yangi imkoniyat eşiklari oçildi. Endilikda maktab jamoasi va faol öquvçilar uşbu maydondan unumli foydalangan holda sport yönalişidagi salohiyatlarini namoyon etişlari mumkin.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶