“Nukus Dilişa” MÇJga qaraşli korxonada kuniga 20 tonna un işlab çiqarilmoqda
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, un mahsulotlariga bölgan ehtiyoj ortib borayotgan bir şaroitda, bozorlarimizda taqçillikka yöl qöymaslik va narxlar barqarorligini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Amudaryo tumanining Jayxun ovul fuqarolar yiğinida joylaşgan “Nukus Dilişa” MÇJga qaraşli un işlab çiqariş korxonasi şu yönalişda samarali faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda korxona töliq quvvatda işlamasa-da, zamonaviy texnologiya asosida kunlik işlab çiqariş hajmi 20 tonna 1-navli un va 6 tonnadan ortiq kepakni taşkil etmoqda. Buğdoy mahalliy fermer xöjaliklaridan xarid qilinadi va korxona mahsulotlari asosan mahalliy işbilarmonlar tomonidan ulgurji narxlarda xarid qilinadi.
Zavodda 20 nafarga yaqin doimiy işçi turli lavozim va vazifalarda mehnat qilmoqda. Bu esa nafaqat işlab çiqariş salohiyatini belgilaydi, balki aholi bandligiga ham ijobiy taʼsir körsatmoqda.
Işlab çiqariş jarayoni buğdoyni zavodga maxsus yuk maşinalarida olib kelişdan boşlanadi. Buğdoy avval laboratoriya şaroitida sinçkovlik bilan sifat nazoratidan ötkaziladi — namlik darajasi, begona aralaşmalar va zararli moddalar mavjudligi tekşiriladi. Tekşiruvdan söng buğdoy tarozidan ötkazilib, xom aşyo omboriga joylaştiriladi.
Keyingi bosqiçda buğdoy maxsus tozalaş uskunalarida qayta işlanadi. Separatorlar yordamida toş, çang, begona uruğlar va metall parçalari kabi aralaşmalar ajratib olinadi. Havo orqali tozalaş jarayoni esa eng oddiy zararli moddalarni yöqotişni taʼminlaydi. Bu bosqiç un sifatini belgilaydigan muhim omillardan biridir.
Tozalangan buğdoyga muayyan miqdorda suv purkaladi va maʼlum vaqt aralaştirilgan holda qöyiladi. Bu jarayon buğdoy donining kepak qavatini yumşatib, keyingi bosqiçni yengillaştiradi. Şundan söng buğdoy tegirmonlarda bir neça marta ezilib, har bir bosqiçda elakdan ötkaziladi. Jarayonda kepak, yorma va yengil un zarraçalari ketma-ket ajratiladi. Yakuniy bosqiçda esa un zarraça hajmi va rangiga qarab navlarga bölinadi, sifatli unlar aralaştirilib, 25 yoki 50 kilogrammlik qoplarga joylaştiriladi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalaniş orqali daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari böyiça 2025-yil 28-fevral kuni Amudaryo tumanida ötkazilgan körgazmali seminar doirasida mazkur korxonaning oçiliş marosimi bölib ötgan edi.
Mazkur loyiha Qoraqalpoğiston Respublikasidagi muhim sanoat taşabbuslaridan biri hisoblanib, mahalliy un mahsulotlariga bölgan talabni qondiriş, aholi farovonligini oşiriş va yangi iş örinlari yaratiş kabi vazifalarni amalga oşirişga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning tegişli Farmoniga muvofiq, korxona uçun qişloq xöjaligiga möljallanmagan 1,5 gektar va qişloq xöjaligiga möljallangan 40,6 gektar yer maydonlari töğridan-töğri ajratib berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 11 milliard sömni taşkil etib, şundan 7,9 milliard sömi bank krediti hisobidan moliyalaştirilgan.
Zavod töliq işga tuşirilgandan söng, uning yillik işlab çiqariş quvvati 2 ming tonnani taşkil etişi rejalaştirilgan. Bu hajm mahalliy ehtiyojni töliq qondirişga yetarli hisoblanadi. Şuningdek, yana 30 nafar yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda. Bu esa tuman aholisining bandligini taʼminlaş va ularning daromad manbaini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qisqa muddat içida tumanda yirik işlab çiqariş loyihasining amalga oşirilişi, aholi bandligini taʼminlaş va oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini saqlaşda muhim ahamiyatga ega böldi. “Nukus Dilişa” MÇJ tomonidan amalga oşirilayotgan bu loyiha xususiy sektorning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi örni naqadar ulkan ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶