Amudaryoda keng kölamli bunyodkorlik işlari olib borilmoqda
Sönggi yillarda mamlakatimiz böylab keng kölamli quriliş işlari amalga oşirilmoqda. Bu esa nafaqat şaharlarda, balki çekka hududlarda ham zamonaviy infratuzilmaning barpo etilişiga yöl oçmoqda. Yangi maktablar, boğçalar, tibbiyot muassasalari, köp qavatli uylar, yöllar va köpriklar bunyod etilayotgani aholining hayot sifatini oşirişga xizmat qilmoqda. Quriliş işlari zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilib, ekologik xavfsizlik va energiya tejamkorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Quriliş sohasida olib borilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida Amudaryo tumanining Manğit şahri yangiça, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda, qişloqlarda aholi turmuşi kun sayin farovonlaşib bormoqda. Bunyodkorlik işlari natijasida ijtimoiy infratuzulma tobora yaxşilanib, taʼlim, tibbiyot, uy-joy qurilişi borasida aholining ehtiyojlari qondirilmoqda.
Ayni kunlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Özbekiston” massivlarini quriş va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni asosida tumanning Döstlik mahallasi hududida “Yangi Özbekiston” massividagi köp xonadonli uy-joylarning quriliş işlari qizğin pallaga kirgan. “Yangi Özbekiston” massivida har biri 5 qavatli bölgan 8 ta köp qavatli uylar qurilişi rejalaştirilgan bölib, har biri 30-35ta xonadonga möljallangan turar joylar qurilişida tumandagi 8 ta quriliş taşkilotlari quruvçilari faoliyat olib borişmoqda.
Şuningdek, davlatimiz rahbarining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi iştirokida “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ham yangi quriliş va bunyodkorlik işlariga asos bölmoqda.
Qişloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilaş, hududlarni kompleks rivojlantiriş, yöl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etiş orqali aholining turmuş madaniyatini yuksaltiriş maqsadida ilgari surilgan mazkur loyiha asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahallalarda, şundan 40 ta markaziy, 130 ta yondoş mahallalarda bunyodkorlik işlari amalga oşirilişi belgilangan.
Qaror asosida Amudaryo tumanida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan 7 ta ijtimoiy soha obʼektlari qad rostlamoqda. Ular 4 ta pudratçi taşkilot tomonidan barpo etilmoqda. Xususan, “Zamin quriliş trans servis” MÇJ tomonidan Farovon mahallasi hududida 90-örinli, Olmazor mahallasi Birdamlik va Yangiboğ köçalari tutaşgan hududda 120-örinli, Arna böyi mahallasi Pokizalik köçasida 150-örinli yangi zamonaviy şart-şarotilarga ega maktabgaça taʼlim taşkilotlari qurilişi jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Şuningdek, Döstlik mahallasining Çamanzor köçasida 240-örinli yangi maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi “Xorazm taʼmirlaş” MÇJ, Örtaqalʼa ovulida mahalla majmui va Toşyop ovuli hududidagi qişloq vraçlik punkti binolari esa “Baken Quriliş montaj” va “Buxrem stal stroy” MÇJ tomonidan qurilişi belgilangan.
Qolaversa, Toşyop ovuli hududida kuniga 50 taşrifga möljallangan yangi qişloq vraçlik punkti qurilişi “Şöraxon quriliş montaj” MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida ijtimoiy soha obʼektlarida quriliş işlari jadal suʼratlarda davom etmoqda.
Taʼkidlaş joizki, bunday ulkan bunyodkorlik işlarining markazida inson qadri, aholining ehtiyoj va manfaatlari turadi. Har bir qurilayotgan obʼekt, barpo etilayotgan infratuzilma aholi uçun qulaylik, farovon turmuş şaroitlarini yaratişga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶