Madaniyat bölimi binosida Içki işlar vazirligining aşula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining tegişli buyruğiga asosan tasdiqlangan maxsus reja doirasida ayni kunlarda mamlakatimiz böylab vazirlik tasarrufidagi aşula va raqs ansamblining xayriya kontsert dasturlari ötkazilmoqda. Uşbu tadbirlar orqali vatan himoyasi yölida fidokorona xizmat qilib halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan içki işlar organlari xodimlarining oilalarini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, şu bilan birga jamoatçilikka vatanparvarlik, hamjihatlik va döstlik tuyğularini singdiriş maqsad qilingan.
Şu kabi tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 18-aprel kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida taşkil etildi. Unda içki işlar tizimi faxriylari, xizmat burçini ado etiş vaqtida halok bölgan yoki jarohat olib, nogiron bölib qolgan xodimlarning oila aʼzolari, mahalliy aholi, faol yoşlar va sanʼatsevarlar iştirok etdi.
Kontsert dasturida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, IIV Madaniyat saroyi rahbari, podpolkovnik Uçqun Tillayev boşçiligidagi ansambl aʼzolari tomonidan yuksak ijro mahorati taqdim etildi. Xalqimiz sevgan söz ustalari — Ötkir Muhammadxöjayev va Zokir Oçildiyev, xonandalar — Gözal Jumaniyozova (Dilsöz), Uluğbek Xoliqov, Suhrobbek Hamdamov hamda Nurali Şukurullayevlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar tomoşabinlarga yuksak kayfiyat ulaşdi.
Uşbu xayriya tadbiri orqali tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş yölida öz hayotini fido qilgan mard insonlarning xotirasi yana bir bor eʼzozlandi, ularning oilalariga hurmat va ğamxörlik namoyon etildi.
Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri — xalq va huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida maʼnaviy boğlanişni mustahkamlaş, jamiyatda hamjihatlik, bağrikenglik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusini yuksaltirişdan iborat. Bu esa madaniyat va sanʼat vositasida amalga oşirilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Taʼkidlaş joizki, sanʼat va madaniyat yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini şakllantirişda beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ansambl faoliyati aynan şu maqsadlarga qaratilgan bölib, jamoa har yili mamlakatimizning turli hududlariga gastrol safarlarini uyuştirib, keng jamoatçilikni ijodiy namunalari bilan xursand etib kelmoqda.
Ayniqsa, olis va çekka hududlarda ötkazilayotgan kontsert dasturlari aholi uçun tom maʼnoda maʼnaviy bayramga aylanmoqda. Badiiy söz ustalari va mahoratli xonandalarning çiqişlari xalqimiz qalbiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini singdirişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur xayriya kontsertlari sanʼat orqali jamiyatda yuksak maʼnaviy muhitni şakllantiriş, odamlar örtasida döstlik va birodarlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, madaniyat va sanʼatni ommalaştiriş va jamiyatning turli qatlamlari örtasida hamjihatlik muhitini yanada kuçaytirişga yordam bermoqda.
Aşula va raqs ansambli tomonidan bunday kontsertlar mamlakatimizning boşqa şahar va qişloqlarida ham davom ettirilyapti. Bu esa içki işlar organlari faoliyatining insonparvarlik va maʼnaviyatni yuksaltiriş borasidagi muhim jihatlarini yaqqol namoyon etmoqda.
U.Örozaliyev, tuman IIB boşliğining örinbosari, podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶