Soğlom oilaviy muhit – barqaror jamiyat asosi
Har qanday jamiyatda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, avvalo, oiladagi muhitga boğliq. Oilada muhabbat, özaro hurmat va tuşuniş hukm surayotgan bölsa, bu holat jamiyatdagi har bir fuqaroning ongi, fikrlaşi va dunyoqaraşida öz ifodasini topadi. Şu bois, mamlakatimizda oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida izçil çoralar körilmoqda.
Şu maqsadda 19-aprel kuni Amudaryo tumanining Xitoy ovuli hududidagi 85-sonli umumtaʼlim maktabi binosida “Turmuş” profilaktik tadbiri taşkil etildi. Uşbu tadbir oilaviy nizolarni aniqlaş, barvaqt bartaraf etiş, jinoyatçilikning oldini oliş, jamiyatda soğlom muhitni qaror toptirişga qaratilgan bölib, uning doirasida muhim işlarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, tuman IIB katta inspektori Inobat Örazmatova, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, mahalla faollari, xotin-qizlar vakillari, öqituvçilar va öquvçi-yoşlar faol iştirok etdi. Mazkur tadbir iştirokçilariga masʼullar tomonidan mavzu yuzasidan batafsil axborot berildi.
Taʼkidlaş joizki, ötkazilayotgan profilaktik işlarga qaramay, oilaviy tortişuvlar, qöşnilar va qarindoşlar örtasidagi kelişmovçiliklar oqibatida huquqbuzarlik holatlari hanuz uçrab turibdi. Aniqlangan maʼlumotlarga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida sodir etilgan tan jarohati yetkaziş va oilaviy zöravonlik jinoyatlarining har uçinçisi aynan oilaviy munosabatlar doirasida röy bergan. Ayniqsa, bunday holatlar Amudaryo, Beruniy, Qaraözak, Törtköl va Xöjayli tumanlarida köp qayd etilmoqda.
Joriy yilning birinçi çoragida tumanda istiqomat qiluvçi zöravonlik va tazyiqdan jabrlangan 161 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. Mazkur orderlar ularni huquqiy jihatdan muhofaza qiliş, zöravonlikka qarşi turişga xizmat qiladi. Biroq, ayrim hollarda ilgari berilgan himoya orderlariga qaramay, zöravonlik holatlari takrorlanmoqda. Şu sababli, 5 nafar zöravon şaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalari asosida huquqiy çoralar körildi.
Oilaviy nizolar oqibatida ruhiy tuşkunlikka tuşgan ayollar ham eʼtibordan çetda qoldirilmayapti. Tuman tibbiyot birlaşmasi huzuridagi birlamçi psixologik yordam xonasiga 3 nafar ayol joylaştirildi. Ularning ikkitasi holati oğir bölgani bois Nukus şahridagi Ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş markaziga yuborilib, psixologik va huquqiy yordam körsatildi.
“Turmuş” tadbiri doirasida jinoyatçilik va fohişalik kabi salbiy holatlar ham aniqlanmoqda. 2 nafar ayol-qizning fohişalik bilan şuğullanayotgani maʼlum bölib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks asosida çoralar körildi. Şuningdek, öz xonadonida fuqarolarga moddiy manfaat evaziga şaroit yaratib bergan 1 nafar ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari qöllanildi.
Aniqlangan holatlarning tahlili şuni körsatmoqdaki, bunday huquqbuzarliklar asosan özaro tuşuniş yetişmasligi, murosa madaniyatining pastligi hamda huquqiy savodxonlikning zaifligidan kelib çiqmoqda. Şu bois, tadbir doirasida nizoli oilalar bilan individual profilaktik suhbatlar ötkazilmoqda, ularning röyxati şakllantirilib, har bir muammoni hal qiliş çora-tadbirlari belgilanmoqda.
Profilaktik işlarga mahallalardagi “yettilik” guruhlari, jamoatçilik va faollar faol jalb qilinmoqda. Mol-mulk, uy-joy, yer masalalari, rasmiy nikohsiz yaşaş, ajraliş kabi omillar oilaviy kelişmovçilikka sabab bölayotgani inobatga olinib, tegişli davlat organlari – sud, kadastr, soliq, FHDYo va hokimliklar bilan hamkorlikda işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, oilada zöravonlik sodir etgan va profilaktik hisobda turuvçi şaxslar ham alohida nazoratga olingan. Ular va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlar taşkil etilmoqda, zarur hollarda psixologik va huquqiy yordam körsatilmoqda. Agar oğir ijtimoiy ahvoldagi şaxslar, jumladan öz joniga qasd qilişga moyil fuqarolar aniqlansa, ular haqida Ayollarni reabilitatsiya qiliş markazlariga maʼlumotlar yuborilmoqda.
Tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, mehnat bozoriga moslaştiriş maqsadida yordamçi tarbiyaçi kasbi böyiça öquv kurslari taşkil etildi. Öqişni muvaffaqiyatli yakunlagan 2 nafar ayolga sertifikatlar topşirildi.
Tadbir davomida fuqarolarning raşk, mol-mulk talaşiş bilan boğliq murojaatlari yuzasidan kundalik monitoring işlari amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, spirtli içimliklarga moyil şaxslar aniqlanib, ular jamoatçilik bilan hamkorlikda nazorat ostida uşlab turilmoqda.
“Turmuş” profilaktik tadbirining asosiy maqsadi – oilaviy muhitni yaxşilaş, huquqbuzarliklarni oldini oliş, işsizlarni iş bilan taʼminlaş, huquqiy va ijtimoiy yordamga muhtoj şaxslarga amaliy kömak körsatişdir. Uşbu maqsadlarga erişişda mahalla fuqarolar yiğini, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş” komissiyalari va boşqa mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.
Şu kuni xotin-qizlar örtasida zöravonlikka qarşi kuraşni keng tarğib etiş maqsadida “Biz zöravonlikka qarşimiz” şiori ostida maxsus tarğibot tadbiri ham taşkil etildi. Unda iştirokçilarga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatilib, tazyiq va zöravonlikdan himoyalaniş böyiça huquqiy tuşunçalar berildi.
Eng muhimi, “Turmuş” profilaktik tadbiri faqatgina jinoyatlarni aniqlaş bilan çeklanib qolmay, balki oilaviy munosabatlarda töğri muomala va huquqiy bilimlar orqali kelişmovçiliklarni hal qiliş, jamiyatda soğlom muhitni qaror toptirişga xizmat qiladi. Bu esa, öz navbatida, tinç, barqaror va adolatli jamiyat sari qöyilayotgan muhim qadamlardan biridir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶