Yonğin xavfsizligi böyiça profilaktik tadbirlar ötkazilyapti
Amudaryo tumanida quriliş işlarining keng kölamda olib borilayotgani munosabati bilan yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişini taʼminlaş maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan qator amaliy tadbirlar taşkil etildi.
Jumladan, tumanda yangidan barpo etilayotgan ijtimoiy va xususiy quriliş obʼektlarida mutaxassislar iştirokida tarğibot-taşviqot işlari olib borildi. Tadbirlar davomida quriliş maydonlarida yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişiga yöl qöymaslik, fuqarolarning va işçi-xodimlarning xavfsiz mehnat faoliyatini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Tuşuntiriş jarayonlarida quriliş maydonlarida oçiq olovdan foydalanmaslik, payvandlaş işlari faqat tegişli ruxsatnomaga ega bölgan mutaxassislar tomonidan amalga oşirilişi, belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qiliş taqiqlanişi haqida maʼlumot berildi. Şu bilan birga, birlamçi yonğin öçiriş vositalarining mavjudligi, suv manbalariga yonğin öçiriş texnikasi bemalol yetib borişi uçun oçiq yöllar taşkil etilişi şartligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida vaqtinçalik turar-joylar, dam oliş xonalari va yotoqxonalarda nosoz elektr uskunalaridan, qölbola isitiş moslamalari hamda gaz ballonlardan foydalaniş qatʼiyan taqiqlanişi tuşuntirildi. Şuningdek, elektr simlarining standartga muvofiq bölişi va xavfsiz jihatdan tortilişi lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilar tomonidan yonğin bilan boğliq har qanday holat davlat ahamiyatiga molik ekanligi, uning oqibatida inson hayotiga xavf tuğilişi, iqtisodiy va ijtimoiy yöqotişlar kelib çiqişi mumkinligi yana bir bor eslatib ötildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar tumanda xavfsiz mehnat muhitini şakllantiriş, yonğinning oldini oliş va jamoat xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Raxat Xudaybergenov,Amudaryo tumani FV bölimi profilaktika va nazorat bölinmasi katta inspektori, katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶