14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:17
Fan va taʼlim 👁 432

36-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari yuqori saviyada tashkil etilyapti

36-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari yuqori saviyada tashkil etilyapti

Oʻqituvchilarning bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirish, ularni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida qayta tayyorlash — taʼlim sifati yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim sohasini isloh qilish, pedagoglar malakasini rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar izchil tatbiq etilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning 2024-yil 21-iyun kungi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” amaliyoti joriy etildi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu jarayon samarali yoʻlga qoʻyilgan. Har haftaning shanba kuni tashkil etilayotgan “Kasbiy rivojlanish soati” mashgʻulotlari boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun zamonaviy pedagogik bilim va koʻnikmalarni oshirishga xizmat qiluvchi foydali platformaga aylandi. Ushbu mashgʻulotlarga maktabning yetakchi oʻqituvchisi, oliy toifali pedagog Saragul Yusupova rahbarlik qilmoqda.

Saragul Yusupova 1993-yildan buyon pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Uning 32-yillik boy tajribasi va yuqori saviyadagi bilimlari bugungi yosh oʻqituvchilar uchun amaliyotga asoslangan namuna sifatida xizmat qilmoqda. Jonkuyar ustozning ochiq darslari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari nafaqat oʻquvchilar, balki hamkasblari uchun ham ibrat maktabiga aylangan. U oʻz bilim va tajribasini yosh pedagoglar bilan doimiy ravishda oʻrtoqlashib kelmoqda.

“Kasbiy rivojlanish soati” doirasidagi mashgʻulotlar boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, yangi metodlar bilan tanishish, tajriba almashish va shaxsiy pedagogik mahoratni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.

Yaqinda tashkil etilgan mashgʻulotlarda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov, metod birlashma rahbari Nasiba Bobojonova hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faol ishtirok etdi. Mashgʻulotlarda amaliy dars tahlili, metodik koʻmak, dars kuzatuvi va refleksiya, shuningdek, malaka oshirish kabi faoliyatlar ustuvor ahamiyat kasb etdi.

Ustozning mehnat samaralari oʻquvchilarining yutuqlarida ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Xususan, mental arifmetika boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tanlovlarda yuqori natijalar qoʻlga kiritildi. Saragul Yusupovaning eng bilimdon oʻquvchilari Turkiya va Birlashgan Arab amirliklari kabi davlatlarida boʻlib oʻtgan nufuzli bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu esa ustozning bilimga boʻlgan intilishi, zamonaviy yondashuvlari va oʻz kasbiga boʻlgan yuksak masʼuliyati samarasidir.

Jonkuyar ustoz Saragul Yusupova fidoyi xizmatlari va yuqori pedagogik salohiyati uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Faxriy yorligʻi” hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlangan.

Oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishi — taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” amaliyoti esa bu boradagi yutuqlarning mustahkam asosiga aylanmoqda. Mazkur jarayonda bilimdon, tashabbuskor va fidoyi pedagoglarning ishtiroki ayniqsa muhim.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019