28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:32
Salomatlik 👁 759

Profilaktik emlash – inson salomatligining kafolati

Profilaktik emlash – inson salomatligining kafolati

Yuqumli kasalliklar faqat yakka inson emas, balki butun jamiyat salomatligi uchun jiddiy tahdid soladi. Ayniqsa, bolalarda bu kabi kasalliklar ogʻir kechib, nogironlik yoki oʻlim holatlarigacha sabab boʻlishi mumkin. Zamonaviy tibbiyotda yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng samarali yoʻli – bu profilaktik emlash hisoblanadi. Emlash tufayli inson organizmida muayyan kasallikka qarshi immunitet shakllanib, ushbu xastalikning oldi olinadi.

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasiga koʻra, Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik koʻrsatkichlar taqazosiga koʻra profilaktik emlashlar oʻtkaziladi. Amudaryo tumanida ham har yili 13 turdagi boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda immunoprofilaktika ishlarining samarali tashkil etilgani, vaktsinatsiyaning keng qoʻllanilayotgani natijasida koʻplab yuqumli kasalliklar keskin kamaydi. Bu esa aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim yutuqlardan biri hisoblanadi.

Dunyoda soʻnggi yillarda qizamiq kasalligining tarqalishi qayta kuzatilmoqda. Jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2025-yil mart oyidagi maʼlumotiga koʻra, Yevropa davlatlarida soʻnggi 25-yil ichida 2024-yilda eng koʻp – 127 ming 350 ta holat qayd etilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 2-marta koʻp. Afsuski, ushbu kasallik 38 ming nafar bemorning hayotiga zomin boʻlgan. Bunday holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, emlash koʻrsatkichlari yetarli darajada boʻlmasa, qizamiqning oldini olish deyarli imkonsiz.

Amudaryo tumanida ham yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tugʻruq boʻlimi, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlari va boshqa tibbiyot muassasalari qoshida jami 17 ta emlash punktlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu punktlarda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.

2024-yil davomida tumanda 4 ming 341 nafar chaqaloq tugʻilgan boʻlib, ulardan 4 ming 314 nafari virusli gepatit V, 4 ming 300 nafari esa tuberkulyozga qarshi vaktsina bilan emlangan. Bu koʻrsatkichlar orqali kasalliklarning tarqalishining oldi olinmoqda.

Qizamiq kasalligining oldini olish maqsadida ham amaliy choralar koʻrilmoqda. Jumladan, 2024-yilda tumanda tibbiy sababsiz emlanmagan, yoki faqat bir marta emlangan va 6 oylikdan 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolardan 14 ming 741 nafari, 2025-yilning birinchi choragida esa 2 ming 403 nafari emlangan. Bu ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida 2025-yilda tumanda qizamiq kasalligi qayd etilmadi.

Yuqumli kasalliklarni davolashdan koʻra uning oldini olish ancha samarali va xavfsizdir. Shu bois davlatimiz tomonidan bolalarni kasalliklarga qarshi emlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Vaktsinalar katta mablagʻlar evaziga olib kelinayotgan ekan, ota-onalar ham oʻz farzandlarining emlanishini oʻz vaqtida taʼminlashlari lozim. Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang, vaqtida emlating va kelajak avlodning sogʻlom boʻlishiga hissa qoʻshing!

Janaxmet Sabirov, Amudaryo tumani SEO va JSB epidemiolog-immunologi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026