Amudaryolik tarbiyaçi mamlakat miqyosida "Yilning eng fidokor tarbiyaçisi" sifatida eʼtirof etildi
Yurtimizda taʼlim sohasini tubdan isloh etiş, ayniqsa, maktabgaça taʼlim tizimini zamon talablari asosida takomillaştiriş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Çunki bolaning atrof-muhitni anglaşi, bilim va könikmalarni özlaştirişi aynan şu davrdan boşlanadi. Şu bois, maktabgaça taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oşiriş, tarbiyaçilarning bilim va mahoratini yuksaltiriş, ularni rağbatlantiriş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi taşabbusi bilan 2019-yildan buyon anʼanaviy tarzda “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” kasbiy körik-tanlov ötkazib kelinmoqda. Tanlov orqali pedagoglarning ilğor tajribasi ommalaştiriladi, ijodkorlik va yetakçilik qobiliyatlari eʼtirof etiladi. Şu bilan birga, bu tanlov soha vakillari örtasida ijodiy muhit yaratiş, soğlom raqobatni kuçaytiriş hamda eng faol tarbiyaçilarni rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Joriy yilgi tanlovning saralaş bosqiçlari mart–aprel oylarida taşkil etilib, final bosqiçi 24–25-aprel kunlari Toşkent şahridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bölib ötdi. Respublika miqyosida ötkazilgan mazkur nufuzli tanlovda yurtimizning barça hududlaridan yetuk mutaxassislar iştirok etdi.
Uşbu tanlovda Amudaryo tumani 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Mavluda Kamolova “Yilning eng fidokor tarbiyaçisi” nominatsiyasida munosib iştirok etib, faxrli 3-örinni qölga kiritdi. Bu yutuq — uning uzoq yillik mehnati, yuksak masʼuliyat bilan amalga oşirayotgan pedagogik faoliyatining amaliy samarasidir. Tanlov iştirokçilari pedagogik mahorat, bolalarga individual yondaşuv, metodik yangiliklardan samarali foydalaniş hamda taşabbuskorlik kabi muhim mezonlar asosida baholandi.
Mavluda Kamolovaning respublika miqyosidagi yutuği munosabati bilan tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan maxsus tadbir taşkil etildi. Unda bölim boşliği Yalğaş Şomurotov, bölim metodisti Hulkar Babajanova, maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori hamda tarbiyaçilar iştirok etdi. Tadbir davomida Mavluda Kamolova hamda uning ustozi – 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Muhabbat Xudaybergenovaga bölim rahbariyati nomidan taşakkurnoma va qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan Mavluda Kamolovaning mehnatsevarligi, taşabbuskorligi, doimiy izlanişda bölişi, bolalarga nisbatan mehribon va eʼtiborli munosabati eʼtirof etildi hamda kelgusidagi muvaffaqiyatlariga tilakdoşlik bildirildi. Şuningdek, uning bugungi yutuği nafaqat şaxsiy muvaffaqiyat, balki butun tuman maktabgaça taʼlim tizimi uçun faxr va ilhom manbai ekani taʼkidlandi.
Mavluda Kamolova 2017-yilda Nukus davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlab, şu yilning özida Amudaryo tumanidagi 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida psixolog sifatida mehnat faoliyatini boşlagan. 2019-yildan buyon esa mazkur taşkilotda tarbiyaçi sifatida işlab kelmoqda. Uning tarbiyaviy uslubi, bolalarga bölgan mehri, işga masʼuliyatli munosabati doim hamkasblari va rahbarlar tomonidan yuqori baholanadi.
Darhaqiqat, bunday yuqori eʼtirof va mukofotlar soha pedagoglarini yanada ruhlantiradi, yangi ğoya va taşabbuslar bilan işlaşga undaydi. “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” kabi tanlovlar maktabgaça taʼlim tizimida ilğor tajribani ommalaştiriş, ijodkorlik muhitini şakllantiriş hamda kelajak avlod tarbiyasida zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶